BMT nasizmning ulug‘lanishiga qarshi rezolyusiyani qabul qildi

BMT nasizmning ulug‘lanishiga qarshi rezolyusiyani qabul qildi

BMTning uchinchi qo‘mitasi bir guruh davlatlar tomonidan taqdim qilingan, nasizmning ulug‘lanishiga qarshi rezolyusiya loyihasini qabul qildi. 

Bu hujjatni 130 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan, AQSh va Ukraina esa qarshi ovoz bergan, 51 ta davlat betaraflik namoyish qilgan.

Bunday rezolyusiya 2005 yildan beri qabul qilinadi va oxirgi yillarda unga AQSh va Ukrainagina qarshi ovoz bermoqda.

Loyihaga O‘zbekiston, Jazoir, Angola, Armaniston, Bangladesh, Belarus, Benin, Boliviya, Burkina-Faso, Burundi, Venesuela, Vyetnam, Gayana, Gvineya, Zimbabve, Qozog‘iston, Xitoy, Kongo, KXDR, Kot-d'Ivuar, Kuba, Laos, Mali, Myanma, Niger, Nigeriya, Nikaragua, Pokistan, Rossiya, Siriya, Sudan, Tojikiston, Togo, Uganda, MAR, Eritreya, Efiopiya, Janubiy Afrika va Janubiy Sudan mualliflik qilgan. 

AQSh vakili esa o‘z nutqida “nasizm eng yomon dushman”ligini va “amerikalik askarlar unga qarshi o‘zga yerlarda kurash olib borganlarini” ta’kidlab o‘tgan. U qolgan davlatlarni BMT qaroriga qarshi ovoz berishga chaqirgan. Bundan tashqari, amerikalik diplomat rezolyusiya “so‘z erkinligi uchun” jazolashni taklif qilayotganini aytgan.  

Ukraina vakili ham AQSh vakilining aytganlarini deyarli qaytargan va “rezolyusiya mualliflari tarixiy dalillar bilan o‘yin qilayotlarganini”  qo‘shimcha qilgan.  

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!