BMT dunyoda qancha odam internetga ulanmaganini ma’lum qildi

BMT dunyoda qancha odam internetga ulanmaganini ma’lum qildi

Dunyo bo‘ylab taxminan 3,7 mlrd odam uchun internetga ulanish imkoniyati mavjud emas, bu esa tengsizlikning yangi turini keltirib chiqarmoqda. Bu haqda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir aytib o‘tdi, deya xabar berdi  TASS.

«Haqiqat shuki, taxminan 3,7 mlrd odam raqamli texnologiyalardan uzilib, internetda ishlash, o‘qish va xarid qilish imkoniyatisiz qolmoqda», dedi u.

U tobora kuchayib borayotgan «tengsizlikning yangi shakliga o‘tish xavfini tug‘diradigan raqamli bo‘linishni» yo‘q qilishga chaqirdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!