BMT Bosh kotibi Yaponiyaga boradi

BMT Bosh kotibi Yaponiyaga boradi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 4 avgust kuni Yaponiyaga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Guterrish 6 avgust kuni Xirosimadagi ilk yadro zarbasi qurbonlarini xotirlash marosimida ishtirok etadi.

Tashrif davomida bosh kotib Yaponiyaning yuqori martabali rasmiylari, Xirosima va Nagasakidagi atom portlashlaridan omon qolganlar guruhi, shuningdek, yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha xalqaro tashabbuslarga yetakchilik qilayotgan yosh faollar bilan uchrashadi.

Xirosimaning atom bombasi

1945 yil 6 avgust, dushanba kuni Xirosimaga hujum qilindi va uch kundan keyin, 9 avgust, payshanba kuni Amerika samolyotlari Nagasakiga bomba tashladi.

Xirosimaga tashlangan trotil ekvivalenti 13 ming tonna bo‘lgan Little Boy atom bombasi shaharning taxminan 70 foizini vayron qildi.

Portlash 1,5 km radiusdagi hamma narsani tekisladi. Zilzila markazida havo harorati uch ming darajaga yetdi. Fojiadan so‘ng darhol 80 ming kishi halok bo‘ldi va 1945 yil oxiriga kelib qurbonlar soni 140 mingga etdi.

Yaradorlarning ko‘pchiligi tibbiy yordam ko‘rsatilmagani uchun halok bo‘ldi. Shaharga yordam berish uchun kelganlar ham radiasiya ta’siridan vafot etgan.

Uch kundan keyin Nagasaki shahriga 500 metr balandlikdan 21 000 tonna trotil ekvivalentiga teng “Semiz odam” atom bombasi tashlandi.

70 mingga yaqin odam qurbon bo‘ldi, shaharning yarmi butunlay vayron bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!