BMT Bosh kotibi: ”COVID-19 ISHID va Al-Qoidaga imkoniyat yaratadi”

BMT Bosh kotibi: ”COVID-19 ISHID va Al-Qoidaga imkoniyat yaratadi”

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshning ogohlantirishicha, COVID-19 ISHID ekstemistik tashkiloti, Al-Qoida va uning hamkorlari, shuningdek, neo-nasistlarning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.

Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, bir paytlar Suriya va Iroqda katta hududlarni nazorat qilgan ISHID yana ushbu ikki mamlakatda kuch to‘plashga urinmoqda. Hozirda bu hududda minglab terrorchi jangchilar urush olib borishmoqda.

“Koronavirus pandemiyasi raqamli texnologiyalarni noto‘g‘ri yo‘llarda ishlatish va bioterrorizm kabi terrorizmning yangi vujudga kelayotgan shakllariga qarshi kurashda bizning kuchsiz tomonlarimizni ko‘rsatib berdi” dedi Guterresh BMTning terrorizmga qarshi kurash haftaligini ochib berar ekan.

Ushbu virtual mitingda Yevropa Ittifoqining yuqori lavozimli diplomati Jozep Borrel dunyo bo‘ylab koronavirusning antiterror harakatlariga qilgan ta’sirini anglash muhimligini ta’kidladi.

“Shu narsa haqiqatki, ba’zi joylarda koronavirus tufayli terror harakatlari kamaydi. Buning asosiy sababi davlatlarning xavfsizlik tizimlarining hamkorlikda ish olib borishganidir. Lekin, boshqa hududlarda terrorizm va odamlarning azob chekishi hamon davom etmoqda” deydi Borrel.

AQShlik sobiq diplomat Richard Haas COVID-19 terrorizmga qarshi kurashdagi muammolarni yanada ko‘paytirishini aytdi.

“Koronavirus ko‘plab davlatlarning qashshoq va kuchsiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda terror tashkilotlariga a’zo bo‘ladigan odamlarning soni oshishining ehtimoli yuqori” dedi Haas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!