BMT Afg‘onistonda faqat erkak xodimlarni qoldirishdan bosh tortdi

BMT Afg‘onistonda faqat erkak xodimlarni qoldirishdan bosh tortdi

Bu haqda BMTning gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tashkiloti bayonotida aytiladi. Ular toliblarning ayollarning BMTda ishlashiga qo‘yilgan taqiqini qanday aylanib o‘tishni maqsad qilgani aniq emas, ammo ular "ixtiro qilish, qayta ixtiro qilish va qayta o‘ylab ko‘rish"ga va’da berishmoqda. Ta’kidlanishicha, ayollar BMTning Afg‘onistondagi xodimlarining 70 foizini va Afg‘oniston fuqarolarining 55 foizini tashkil qiladi va bu Tolibon taqiqi ularning ayollarni jamiyat hayotidan o‘chirib tashlashga urinishlarining yakuni bo‘ldi.

🔸Avvalroq, Doha konferensiyasi yakunlariga ko‘ra, BMT Tolibon ayollar siyosatini afg‘onlarga yordam berish uchun asos sifatida qabul qilishga rozi bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!