«Bloger va adolat 6,5 yilga qamaldi» — Otabek Sattoriy ustidan hukmga aks-sado

A A A
«Bloger va adolat 6,5 yilga qamaldi» — Otabek Sattoriy ustidan hukmga aks-sado

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning 6,5 yilga qamalishi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirdi.

«Bloger va adolat 6,5 yilga qamaldi» — Otabek Sattoriy ustidan hukmga aks-sado

Surxondaryolik bloger, korrupsiyani tanqid qilib kelgan Otabek Sattoriy tuhmat va tovlamachilikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

«Sattoriy ishi» o‘zbek jamoatchiligi va jahon OAVlarida, xususan, huquq faollari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

AQShdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) O‘zbekiston hukumatidan Sattoriyni darhol ozod qilishni so‘radi.

«O‘zbekiston hukumati Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod qilishi, uning faoliyatiga qarshilik qilmasligi, u va boshqa jurnalistlarning jazolanishdan qo‘rqmasdan, erkin ishlashiga imkon berishi kerak.

4 may kuni bo‘lib o‘tgan sudda Sattoriyning advokatlari prokuratura tovlamachilikni isbotlovchi moddiy dalillar keltira olmagani, ular faqat da’vogarlar va ishda manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslarning ko‘rsatmalariga asoslanganini ta’kidladi.

Qo‘mita izoh olish uchun O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, «Hududgazta’minot», Termiz va Surxondaryo hokimliklariga elektron pochta orqali xabar yubordi, ammo javob ololmadi», – deyiladi qo‘mita axborotida.

Human Rights Watch xalqaro nodavlat tashkiloti holatni O‘zbekistondagi so‘z erkinligiga nisbatan zarba deb atadi.

«Mahalliy amaldorlarning ehtimoliy korrupsiyasi bo‘yicha surishtiruvlar o‘tkazgan mustaqil blogerni qamoqqa olish haqida O‘zbekiston sudi chiqargan qaror – adolatsiz hukm va O‘zbekistonda so‘z erkinligiga berilgan zarba.

[...] O‘zbekistonning hamkorlari, xususan AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlardan Germaniya va Birlashgan Qirollik kabilar o‘zbek rasmiylarini Sattoriyni ozod qilishga va so‘z erkinligini himoyalashga chaqirishi lozim», – deyiladi Human Rights Watch bayonotida.

HRW'ning eslatishicha, Yevropa Ittifoqi yaqinda O‘zbekistonga GSP+ sxemasi bo‘yicha savdo imtiyozlarini taqdim etgan, bu bilan esa rasmiy Toshkent inson huquqlari, xususan so‘z erkinligini ta’minlash majburiyatini olgan.

Janubiy Kaliforniya universitetining inson huquqlari amaliyoti bo‘yicha dosenti Stiv Sverdlou «Sattoriy ishi» borasida fikr bildirib, bu O‘zbekiston uchun yomon qadam bo‘lganini ta’kidladi.

«Bloger Otabek Sattoriyga shubhali ayblovlar bilan 6,5 yillik qamoq jazosi tayinlanishi bilan, O‘zbekiston tanqidchi jurnalistlarni qamoqqa oluvchi va so‘z erkinligiga hujum qiluvchi davlatlarning badnom ro‘yxatidan yana joy egalladi», – deb yozdi u Twitter-sahifasida.

AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha byurosi ham Surxondaryoda blogerning qamalishi yuzasidan xavotir bildirdi.

«O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat vakillariga qo‘shilgan holda, biz blogerlar bilan bog‘liq so‘nggi holatlar yuzasidan o‘z xavotirimizni bildiramiz va rasmiylarni so‘z erkinligini hurmat qilishga chaqiramiz. Prezident Mirziyoyev aytganidek, oshkoralik va so‘z erkinligi O‘zbekistonning islohotlari uchun zarurdir», – deyiladi Davlat departamenti byurosi rasmiy munosabatida.

Xalqaro onlayn jurnal The Diplomat o‘z maqolasida o‘zbek blogosferasi haqida to‘xtaldi.

«O‘zbekistonda blogerlar odatda mustaqil, ya’ni an’anaviy media tashkilotiga tegishli emaslar va ko‘pincha veb-saytlar tomonidan joylashtirilgan klassik bloglar o‘rniga Telegram, YouTube va Facebook kabi ijtimoiy media platformalaridan foydalanadilar. Garchi o‘zbek blogerlarining ba’zilari 2016 yilgacha faol bo‘lgan bo‘lsa-da, bu davrdan keyin ularning ko‘payishi Islom Karimov vafotidan keyin O‘zbekistonning dunyoga ochilishi bilan bog‘liq.

Ommani va yangi texnologiyalarni qanday qilib boshqarish borasida davlat qiyinchilikka uchrayotgani shubhasiz. Bu – bosmaxonani yopib yuborish yoki veb-saytni yo‘q qilib yuborishdek oddiy narsa emas», – deb yozdi nashr.

Eurasianet nashrining qayd etishicha, so‘z erkinligi tarafdorlari mazkur ishni hukumat uchun sinov bo‘ladi deb hisoblashayotgandi.

«So‘z erkinligi himoyachilari «Sattoriy ishi»ni O‘zbekistonning oshkoralikka qanchalik sodiqligini ko‘rsatuvchi imtihon deb qaragan bo‘lsa, hokimiyatdagilar uning tergovini boshqa maqsad bilan bog‘lagan ko‘rinadi. Aftidan, ular fuqarolik jurnalistikasi vakillari – mahalliy aholi ularni bloger deb ataydi – qaysi chiziqlardan xatlab o‘tishi mumkin yoki mumkin emasligini belgilab qo‘ymoqchi bo‘lishdi», – deya yozadi Eurasianet.

«Sattoriy ishi» o‘zbek jamoatchiligining ham e’tiboridagi masala bo‘ldi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov «Sattoriy ishi» borasida gap boshlab, garchi bu keysni chetlab o‘tgan bo‘lsa-da, jurnalistlar tez-tez qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida yozdi.

«Keyingi paytda jurnalistlar bilan bog‘liq muammolar tez-tez ko‘zga tashlanib turibdi. Matbuotchilar qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganini ham bilyapmiz.

Ammo men bir gapni ishonch bilan ayta olaman: o‘zimizning jurnalistlarni qo‘llash, himoya qilish o‘rniga og‘zini ocholmaydigan darajada qo‘rqitib qo‘ysak, ularning o‘rnini boshqalar – tashqaridan turib fitna chiqaradiganlar egallashi aniq! Undaylarning niyati ma’lum – jamoatchilik fikrini allakimlar uchun manfaatli tomonga burish, sodda odamlarimizning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atib, shu orqali ommani boshqarish. Bu yo‘lda na haqiqatga o‘rin bor, na vijdonga!» – deb yozdi Allamjonov.

Deputat Rasul Kusherbayev blogerga nisbatan sud hukmi o‘qilgach, o‘z Telegram-kanalida qisqacha post qoldirdi.

«Gap-so‘z yo‘q. Sudning bu ishidan keyin biror nima deyishgayam odam qo‘rqib qoldi buyog‘iga», – dedi u.

Huquqshunos, jurnalist Zafar Solijonov «Sardoba ishi»dagi ko‘plab aybdorlarga 700 dollar jarima tayinlangan bir paytda, «Sattoriy ishi»da prokuror ayblanuvchiga 11 yil qamoq jazosi so‘raganini taqqosladi.

«Maqsadi muammoni yoritish, telefonini sindirishganiga yangisini so‘ragan, hech kimning o‘limiga sabab bo‘lmagan, davlatga milliardlab zarar keltirmagan bloger Otabek Sattoriyga ochiq sudda prokuror 11 yil so‘ragan. Ikkala holatda ham nuqtani sud qo‘yadi. Lekin bir narsani unutmaslik kerak: hukm qonuniy bo‘lishi, biroq adolatli bo‘lmasligi ham mumkin», – deb yozdi u.

Solijonov Sattoriy ustidan sud hukmi o‘qilgach, quyidagicha qisqa post qoldirdi:

«Bloger Otabek Sattoriy va adolat 6,5 yilga qamalibdi».

Bloger Bahodir Ahmedov Sattoriy ishida gumonlar tug‘ilishiga ishonchni yo‘qotgan sud hokimiyati sabab, deya fikr bildirdi.

«Otabek Sattoriy keysi meni ikki yo‘l chorrahasidagi arosatda qoldiraveradi. Sattoriy kim? Balki u rostdan blogerlik bilan kimnidir shantaj qilgan tovlamachidir? Yoki u faolligi ortidan hammaga o‘rnak bo‘lishi uchun qatag‘onga uchragan bir qurbondir?

Bunday gumonlarimiz tug‘ilishiga asosiy sababchi Sattoriy ham, Sherobod tuman hokimi ham emas. Hammasiga sababchi ishonchdan chiqqan sud hokimiyati. Qonun doirasida hukm chiqarsa ham, baribir bo‘rining og‘zi qon!» – deya yozdi u.

«Amerika ovozi» jurnalisti Navbahor Imomovaning fikricha, davlat ayblovi blogerga 11 yil qamoq jazosi so‘rashi – tanqidchilarning og‘zini yopishga qaratilgan harakat bo‘lishi mumkin.

«Qamoqdagi bloger. Otabek Sattoriy – «Yangi O‘zbekiston, Yangicha dunyoqarash» shiori ostida so‘z erkinligi haftaligini nishonlanayotgan O‘zbekistonning bugungi qiyofasi.

Ha, jurnalistlar ham, blogerlar ham xatolarg yo‘l qo‘yishadi, qonunlar va qoidalarni ba’zida buzib turishadi. Ammo «Sattoriy ishi»da bilganlarimizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, u prokuror so‘raganidek 11 yil panjara ortida o‘tirishga hukm qilinadigan darajada hech narsa qilgani yo‘q.

Tizim bu ishdan tanqidchilarni ogohlantirish, ularning ovozini o‘chirish yo‘lida foydalanyapti. Fikr erkinligi huquqingizdan foydalanishingiz mumkin, ammo sizni qamoq kutadi», – dedi xalqaro jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Sattoriyning himoyasi sud hukmi ustidan shikoyat berishini ma’lum qilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Endi V1 darajali sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Messi o‘ziga o‘xshagan eng iqtidorli yosh futbolchi kimligini aytdi

«Интер Майами» ҳужумчиси Лионель Месси ҳозирги ёш авлод вакиллари орасидан фаолиятининг бошланишини эслатадиган футболчини алоҳида эътироф этди.

«O‘z farzandingizni o‘pganda ularni eslang»: Eronning AQShga keskin murojaati

Эроннинг Арманистондаги дипломатик ваколатхонаси Оқ уй матбуот котиби Кэролайн Левиттнинг фарзандли бўлгани юзасидан муносабат билдириб, АҚШнинг Минабдаги мактабга берган зарбаси оқибатида ҳалок бўлган болаларни ёдга олди.

«Real»da «tozalash» ishlari: Faqat 5 futbolchi «dahlsiz»

Мадриднинг «Реал» клуби раҳбарияти кетма-кет муваффақиятсизликлар ва кийиниш хонасидаги доимий жанжаллар фонида таркибни жиддий тарзда қайта кўриб чиқишга қарор қилди.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.