Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, tarqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Bu borada har birimizdan hushyorlik va mas’uliyatlilik talab etiladi.

Majburiy ijro byurosining Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi binosida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida Byuro organlarida xizmat qilayotgan xodimlar, diniy idora va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Byuroning Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Hamid Tog‘ayev mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada amalga oshiralyotgan ishlar haqida atroflicha to‘xtalib, barchani ogohlikka chaqirdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Qumqo‘rg‘on tuman diniy idora vakili o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, muqaddas islom dinimizda korrupsion holatlarning qattiq qoralanib kelganligini takidladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, fuqarolarimizning faolligi kuzatilmasa, korrupsiya huqubuzarliklari, tamagirlik kabi holatlar haqida tegishli davlat idoralarini ogohlantirmasa, xabar bermasa ushbu illatdan butunlay qutilishning iloji yo‘q. Korrupsiyaga qo‘l urish natijasida ayrim g‘arazli maqsadga ega shaxslarning bu kabi illati sababli halol va o‘z mehnat faoliyatiga sodiqlik bilan sidqidildan xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ham nomiga dog‘ tushishi achinarli holatlardan yana biridir.

Har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaning sodir etilishida, ularning ko‘payishida va o‘z vaqtida barham berilmasligiga o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo‘lib kelmoqda. Har bir fuqaro korrupsiya jinoyatlariga guvoh bo‘lganida bunday holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo‘rqmasdan xabar berishi lozim. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning davlat himoyasida bo‘lishi kafolatlangan hamda bu to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!