Bir nechta jinoyatlarda ayblangan buxorolik erkak oqlandi. Nega?

A A A
Bir nechta jinoyatlarda ayblangan buxorolik erkak oqlandi. Nega?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Buxoro shahar sudining 2011 yil 03 martdagi hukmiga ko‘ra, A.Xaydarov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) O‘zbekiston Respublikasi JK 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasi 2-qismining “b” bandi, 205-moddasining 1-qismi va 229-moddasi bilan JKning 57,45-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 2 yil moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9.043.000 so‘m jarima jazosiga sudlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi sudyasi  Zavqiy Qurbonovning ma’lum qilishicha, A.Xaydarov 1996 yildan 2010 yilning iyun oyiga qadar  Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelib, mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab mavqeidan foydalanib, turmush o‘rtog‘i F.Muxammedova rahbarlik qilib kelayotgan Buxoro shahridagi “Akmali” shaxsiy kichik korxonasida norasmiy ravishda rahbarlik qilib kelib, korxona tomonidan 2008 yil hisobot davrida ustav fondini shakllantirish uchun  qaytarib olmaslik sharti bilan, olingan 30.000.000 so‘mlik moliyaviy yordamdan yagona soliq to‘lovi hisoblanmaganligi natijasida jami 3.007.200 so‘mlik  yagona soliq to‘lovini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi, Buxoro shahridagi “Dilkusho dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududidan O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksining 38-moddasi talablariga rioya qilmasdan  qurilish loyihasiz (APZsiz) o‘zboshimchalik bilan qayta qurilishni amalga oshirib, 244,4 kv.m. maydonda rejadagi shakli o‘zgartirilib 11 xonadan iborat bo‘lgan savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanishga mo‘ljallangan xonalarni hamda 18,2 kv.m o‘lchamda yerto‘la qurib, ushbu qayta qurilgan inshootni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi  qarori talablarini buzib, Davlat kadastr xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazmagan va natijada Buxoro shaxridagi “Dilkusho  dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga bozor hududidan ajratilgan yer maydoni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 386-moddasi 1-bandida  bozorlarning hududida joylashgan yer uchastkalari va binolar uchun bozorga  yer ijara to‘lovlari to‘lashi shart bo‘lgan bo‘lsada, 2007 yilda 637.000 so‘m, 2008 yilda 1.190.000 so‘m,  2009 yilda 1.540.000 so‘m va 2010 yilda 2.072.000 so‘m, bundan tashqari shu bozor hududidagi o‘zining mulki hisoblangan 68,4 kv.m.dan iborat, kadastr guvohnomasi 0599840 bo‘lgan «manti xona» binosi bo‘yicha 230.084 so‘mlik mulk solig‘ini hamda bozorga yer ijara to‘lovlari to‘lashi shart bo‘lgan bo‘lsada,  2007 yilda 311.220 so‘m, 2008 yilda  581.400 so‘m, 2009 yilda 752.400 so‘m va 2010 yilda 1.012.320 so‘m,  jami  8.326.424 so‘m ko‘p miqdordagi yer ijara va mulk solig‘i to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganlikda;

Shuningdek, o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 1996 yildan 2010 yilning iyun oyiga qadar  Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelib, mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab mavqeidan foydalanib, turmush o‘rtog‘i F.Muxammedova  rahbarlik qilib kelayotgan Buxoro shahridagi “Akmali” shaxsiy kichik korxonasida norasmiy ravishda rahbarlik qilib kelib, Buxoro shahridagi “Dilkusho dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududidagi savdo do‘konini qarindoshi M.Mustafoyevga 2009 yildan Buxoro shahar hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasidan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan, Buxoro shahridagi “Akmali” shaxsiy kichik korxonasi rahbari F.Muxammedova bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib shu  shaxsiy kichik korxonasiga qarashli savdo do‘konida  o‘zini qonunsiz tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga, qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turi ya’ni chakana savdo-nooziq-ovqat  mahsulotlari savdosi bilan 2010 yilning 17 iyun kuni shug‘ullanib kelib  xaridor J.Xakimovga 181.000 so‘mga bir dona kuzatuv kamerasi, birta perexodnik  va birta  blok pitaniyasini  savdo chekini bermasdan  Buxoro shahar “Dilkusho dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelib,  ushbu qat’iy belgilangan soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida tegishli ro‘yxatdan o‘tmasdan, 2009-2010 yilning iyun oyiga qadar 6.713.815 so‘mlik  qat’iy belgilangan soliq va 600.673 so‘m byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy yagona ijtimoiy  to‘lovlarini jami 7.314.488 so‘mlik ko‘p miqdordagi majburiy soliq to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”  va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 26 dekabrdagi “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat kassa mashinalarini majburiy qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi 621-sonli, 2002 yil 05 avgustdagi “Pul mablag‘larini bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-sonli qarorlari talablariga rioya qilmasdan aksincha ushbu qaror talablarini buzib 2010 yilning 17 iyun kuni chet elda ishlab chiqarilgan, kirim hujjatlari, sifat sertifikati bo‘lmagan jami 113 nomdagi 9.646.000 so‘mlik ko‘p miqdordagi tovar moddiy boyliklar savdosi bilan shug‘ullanib kelishiga sharoit yaratib berib, jami 18.648.112  so‘mlik juda ko‘p miqdordagi majburiy soliq to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan.

Biroq, A.Xaydarovni Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelib, mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab mavqeidan foydalanib, turmush o‘rtog‘i F.Muxammedova rahbarlik qilib kelayotgan Buxoro shahridagi “Akmali” shaxsiy kichik korxonasida norasmiy ravishda rahbarlik qilib kelganligi yoki norasmiy rahbar sifatida yagona soliq to‘lovini, ko‘p miqdordagi yer ijara va mulk solig‘i to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi, “Dilkusho” dehqon bozori hududida o‘zboshimchalik bilan qayta qurilish ishlarini amalga oshirilganligi, ko‘p miqdordagi tovar moddiy boyliklar savdosi bilan shug‘ullanib kelishiga sharoit yaratib berganligi, juda ko‘p miqdordagi majburiy soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi biron-bir dalillar bilan isbotlab berilmagan.

Shu sababli, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining 2020 yil 04 iyundagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2011 yil 03 martdagi hukmining A.Xaydarovga nisbatan qismi bekor qilinib, uning qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi sababli, jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPK
83-moddasining 2 va 3-bandiga asosan tugatildi.

A.Xaydarov aybsiz deb topilib, oqlandi.

A.Xaydarovga o‘ziga yetkazilgan mulkiy, ma’naviy va boshqa ziyon oqibatlarini JPKning 304-313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

 

 


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bog‘cha bolangiz bormi? Har oy 618 ming so‘m yordam puli olishingiz mumkin!

Ҳукуматнинг 2025 йил 31 июлдаги қарорига кўра, давлат томонидан камбағал оилаларга махсус моддий ёрдам пули тўлаб берилади.

AQSh "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi": Turkiyaning ruxsatisiz Qora dengizga yadroviy suv osti kemalarini joylashtira olmaydi

Бу ҳақда Türkiye нашри Туркия нашри халқаро ҳуқуқ бўйича экспертларга таяниб ёзди.

Bola o‘g‘rilari ushlandi

2023-йилдан бери камида 25 нафар чақалоқни сотиб улгурган.

Ilon Mask barcha mamlakatlarni Yevropa Ittifoqini tark etishga chaqirdi

Унинг фикрича, Европа Иттифоқи Европада демократияни йўқ қилмоқда.

Er tomon uchayotgan yulduzlararo ob’ekt o‘zga sayyoralik kema bo‘lishi mumkin

Бу ҳақда The Daily Mail хабар бермоқда.

Toshkent bozorlarida arzonlashtirilgan narxlarda go‘sht sotilishi boshlandi

Тошкентда аҳолини сифатли ва ҳамёнбоп озиқ-овқат маҳсулотлари билан таъминлаш бўйича тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Bokschilarimiz Osiyo chempionatini "portlatib tashladi"

Хабарингиз бор, 30 июлдан 12 августга қадар Таиланднинг Бангкок шаҳри 22 ёшгача бўлган боксчилар ва ёшлар ўртасида Осиё чемпионатига мезбонлик қилади.

Biz dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyotga aylanayotgan davlatmiz

Ҳиндистон етакчиси Моди ўзининг сўнгги нутқида Трамп ва АҚШ маъмурияти расмийларининг танқидларига жавоб берди.

Hindiston AQSh va YEIning Rossiya neft importiga qarshi hujumlariga javob qaytardi

Бу ҳақда Ҳиндистон ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Рандҳир Жайсвал баёнотида маълум қилди.

"Agar Hindiston Rossiya neftidan voz kechsa, buning moliyaviy oqibatlari juda katta bo‘ladi"

Ҳиндистон ҳукумати ўз нефтни қайта ишлаш заводларига Россиядан нефт харид қилишни тўхтатиш бўйича ҳеч қандай кўрсатма бермаган,

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Bahodir Jalolovning Usik bilan jangi qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi

Баҳодир Жалоловнинг менежери Алик Фролов мутлақ жаҳон чемпиони Александр Усикка қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди.

"Bizdan Armaniston janubini tortib olishyapti, lekin buni hech kim gapirmayapti"

Унга кўра, Зангезур йўлаги яратилиши Арманистонни "суриялашув"га олиб келиши мумкин.

Alisher Qodirov: "Jennifer Lopesning yalang‘och chiqqaniga indamadik, ro‘mol o‘raganlarga ham tegmaylik"

"Миллий тикланиш" демократик партияси раиси Алишер Қодиров Женнифер Лопеснинг яланғоч концертига муносабат билдирди.

Jennifer Lopesning konsertidan keyin "Bunyodkor" stadioniga jiddiy zarar yetgani ma’lum bo‘ldi

Айтишларича, концерт учун ўрнатилган конструкция, яъни Женнифер Лопес учун тайёрланган махсус саҳна стадионнинг ўша қисмини чўктирган

Toshkentda 19 yoshli yigit ko‘chada kiyimsiz yurgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.

Xitoyda xavfli virus tarqaldi. Karantin cheklovlari joriy qilindi

Хитойнинг Жанубий Фошан провинциясида чикунгуня вируси катта тезликда тарқалмоқда.

Xitoyda ko‘chki ostida 14 kishi qolib ketdi

Қолган беш кишини қидириш ишлари давом этмоқда.

G‘azoda qashshoqlik qurbonlari soni 197 nafarga yetdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги бош директори Мунир ал-Бурш ижтимоий тармоқдаги саҳифасида хабар берди.

AQShning Jorjiya shtatidagi Fort-Styuart harbiy bazasiga qurollangan shaxs bostirib kirdi

Дастлабки маълумотларга кўра, жароҳатланганлар бор, бироқ уларнинг сони ҳозирча номаълум.

Ispaniyada jaziramadan 1060 kishi vafot etdi

Испанияда ёзнинг иккинчи иссиқ тўлқини хавфи остида, бу камида кейинги якшанбага қадар давом этиши кутилмоқда.

Ko‘kdaladagi gaz portlashi oqibatida 10 sinf qiz ham vafot yetdi

Масъуллар воқеадан сўнг, портлаш ва ундан келиб чиққан ёнғин 4 кишининг умрига зомин бўлганини очиқлаганди.

Insoniyat tarixida birinchi marta yadro quroli qo‘llanilgan kun: Hirosimaga atom bombasi tashlanganiga 80 yil to‘ldi

Оқибатда Қўшма Штатлар Б-29 Энола Гай бомбардимончи самолёти ҳеч қандай қаршиликка учрамай, шаҳар марказидан учиб ўтган ва “Кичкинтой” деб номланган ядро бомбасини шаҳарга ташлаган.

Sirdaryoda mashina olib qochgan ikki yigit Bo‘kada ularni to‘xtatishga uringan IIB xodimini pichoqladi

Андижон вилояти, Хўжаобод туманидан бўлган 18 ёшли икки йигит ўзлари Самарқанд шаҳридан йўловчи сифатида минган Cobalt машинасини Сирдарё вилояти ҳудудида ҳайдовчи ҳожатхонага кирганидан фойдаланиб, олиб қочган.

G‘azoliklarni qirishga chorlagan isroillik futbolchini nemislar ortiga qaytarishdi

Германия Иккинчи Бундеслигасининг «Фортуна Дюсселдорф» клуби, мухлисларнинг босими туфайли, исроиллик ҳужумчи Шон Вайсман билан режалаштирилган шартномани бекор қилди.

Ko‘kdaladagi portlashda haydovchi jarohatlandi

Ёнғин натижасида 1 та автоцистерна ва 10 куб пропан суюлтирилган газ сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

Ko‘kdala tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi

Шунингдек, вилоят ҳокимлиги ахборот хизмати "портлаш" эмас, ёнғин чиққанини маълум қилди.

Kolumbiyadagi suv toshqinlaridan 2 mingdan ortiq kishi jabrlandi

Санта-Марта мэри Карлос Пинедо шаҳарда тўрт соат ичида ҳар квадрат метрга 155 миллиметр ёмғир тушганини айтди. У бу миқдорни "жуда юқори" деб таърифлади.

Dorixonada mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi

Жумладан, вояга етмаган М.К.га етказилган тан жароҳати юзасидан суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Gulistondagi viloyat musiqali drama teatrida yong‘in chiqdi

Шунга кўра, 5 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 18:09 да воқеа жойига етиб борган ҳамда соат 18:12 да ёнғинни қуршаб олиб, 19:00 да тўлиқ ўчирган.

Chilida fojia: Shaxtadagi ishchilar halok bo‘ldi

Шахтанинг ўпирилиб қулашига Чили тарихидаги энг кучли сейсмик силкинишлардан бири сабаб бўлган. Зилзила Эль-Теньенте шахтасига катта зарар етказди.

Serialdan ilhomlangan ikki o‘qituvchi yashirin narkolaboratoriya ochishdi

Американинг «Эгрилик сари» сериалидан илҳомланган ҳиндистонлик икки ўқитувчи яширин нарколаборатория очишди.

G‘azoda gumanitar yordam navbatiga qilingan hujumda 9 falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда “Анадолу” агентлиги соғлиқни сақлаш идоралари ва гувоҳларга таяниб хабар берди.

XAMAS: 2023 yildan beri G‘azoda 230 dan ortiq jurnalist halok bo‘ldi

Бу ҳақда ХАМАСнинг расмий вакили Иззат ар-Ришк Telegram-канали орқали хабар берди.

G‘azoda genosid siyosati oqibatida xavfli kasallik tez sur’atda tarqalmoqda

Вазирлик бош директори Мунир ал-Буршнинг сўзларига кўра, сўнгги кунларда 95 та янги ҳолат аниқланган, шулардан 45 нафари болалар, иккиси эса 15 ёшдан кичик.

Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinida O‘zbekiston fuqarolarining ishtirokini qayd etdi

Дронлар билан таъминлаш ва улардан фойдаланиш, аскар ёллаш ҳамда бригадаларни бевосита молиялаштириш масалалари алоҳида муҳокама қилинди.

Зеленский Россиянинг Украинага қарши босқинида Ўзбекистон фуқароларининг иштирокини қайд этди

Дронлар билан таъминлаш ва улардан фойдаланиш, аскар ёллаш ҳамда бригадаларни бевосита молиялаштириш масалалари алоҳида муҳокама қилинди.

Шавкат Мирзиёев Туркманистондаги конференцияда 6 муҳим таклифни илгари сурди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.

Миробод туманида Spark ёниб кетди

Миробод туманида автомашинада содир бўлган ёнғин тўғрисида маълумот берилди.

Тошкентда соҳта ҳожатбарор ДХХ ходими ушланди

Пойтахтда фирибгарлик ҳолати аниқланди.

Конор Макгрегор фуқароларни Ирландия конституциясини ўзгартиришга чақирди

Бу ҳақда у ижтимоий тармоқдаги Х саҳифасида ёзди.

Тошкентда 19 ёшли "курьер" йигит Isuzu босиб кетиши оқибатида вафот этди

Мазкур ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

“Крокус Сити Холл”даги терактни амалга оширган тўрт нафар шахс айбини тан олди

Бу ҳақда 127 нафар жабрланувчи томонидан вакиллик қилувчи адвокат Людмила Айвар 4 август куни россия давлат ОАВга маълум қилди.

Ғазо секторида Гийен-Барре синдроми билан оғриган 3 фаластинлик, жумладан 2 бола вафот этди

Бу ҳақда ҳудуднинг Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди.

Ғазода ҳалок бўлганларнинг 30%дан ортиғи — болалар

Бу ҳақда Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлиги Ғазода эълон қилган ёзма баёнотда маълум қилинди.

Ғазо секторида очликдан вафот этганлар сони 175 нафарга етди

Сўнгги пайтларда Фаластиннинг Ғазо секторида камида 175 киши, жумладан, 93 бола очликдан вафот этган.

Яман соҳилларида қайиқнинг чўкиши оқибатида камида 76 нафар мигрант ҳалок бўлди

"Бедарак йўқолганларнинг тақдири ҳали ҳам номаълум", — дея таъкидлади Халқаро миграция ташкилотининг (ХМТ) Яман бўйича миссияси раҳбари Абдусаттор Эсоев АFP агентлигига берган баёнотида.

Яманда муҳожирлар қайиғи чўкиши оқибатида ҳалок бўлганлар сони 68 кишига етди

Бу ҳақда Халқаро миграция ташкилотининг Ямандаги миссияси раҳбари Абдусаттор Эсоевга таяниб, Associated Press хабар берди.

Корхонадаги юз берган портлаш икки кишининг ҳаётига зомин бўлди

Воқеа юзасидан суриштирув ишлари бошланган

Исроил армияси Жанубий Сурияда қурол контрабандасига қарши операция ўтказди

Бу ҳақда армия матбуот хизмати маълум қилди, деб хабар беради Report.

Ғазода очликдан ҳалок бўлганлар сони 175 нафарга етди

Исроил муҳосарасидаги Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида яна 6 нафар фаластинлик очликдан вафот этди, дея хабар берди Ғазодаги Соғлиқни сақлаш вазирлиги Бош директори Мунир ал-Бурш.

Mangal Fest тадбирида жанжал нимадан чиқди?

Аслида, бунақа ҳолатлар нафақат фестивалларда — исталган жойда, бозорда, бекатда ёки паркда ҳам бўлиши мумкин.

Туркияда полициячи хотини ва икки фарзандини ўлдирди

Дастлабки маълумотларига кўра, Кошкун С. ухлаб ётган рафиқаси Назли ҳамда фарзандлари — 7 ёшли ўғли Яғиз ва 2 ёшли қизи Дуруга ўқ узган.

БМТ: охирги икки кунда ғазода озуқа олишга уринган 100 нафардан ортиқ киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда БМТ Бош котиби матбуот котиби ўринбосари Фарҳан Ҳақ Нью-Йоркдаги кундалик матбуот анжуманида маълум қилди.

Ғазо болалари исроиллик аскарларнинг нишонига айланган — BBC

Исроил аскарлари ғазолик болаларни мунтазам равишда нишонга олиб ўлдириб келгани BBC томонидан фош қилинди.

Флоридада мигрантлар очлик эълон қилди

Бу ҳақда NBC телеканали хабар берди.