Beyonsening jami 1 million dollarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi

Beyonsening jami 1 million dollarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi

Amerikalik xonanda Beyonsening jami 1 million dollardan ko‘proq bo‘lgan buyumlari o‘g‘irlandi, deb yozadi Esquire.

2021 yil mart oyining boshida o‘g‘rilar ikki marotaba xonandaning buyumlar saqlanadigan xonalarga kirgan. Omborxona Beyonsening prodyuserlik kompaniyasi – Parkwood Entertainment’ga tegishli. Omborxonadagi uchta xonadan Beyonsening bir nechta libos, sumkalari hamda stilistning buyumlari ham o‘g‘irlab ketilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Los-Anjeles polisiyasi allaqachon tergov ishlarini boshlagan, ammo hozirgacha hech kim hibsga olinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!