Berbok YEXHT yig‘ilishida Rossiya Federasiyasini Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

Berbok YEXHT yig‘ilishida Rossiya Federasiyasini Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari ishonchi komilki, buning uchun Ukrainadan hech qanday imtiyoz yoki muzokaralar talab etilmaydi. "Yagona talab qilinayotgan narsa Rossiyaning qaroridir”, deya ta’kidladi Annalena Berbok Skopyeda bo‘lib o‘tgan YEXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida.

Berbokning ishontirishicha, Rossiya nafaqat Ukrainani, balki YEXHT kabi xalqaro tashkilotlarni ham yo‘q qilmoqchi. "Biz har kuni Yevropa tinchlik tartibini himoya qilamiz. Rossiya bu hamkorlikni buzishga harakat qilmoqda, ammo biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz", — deya ta’kidladi u.

Lavrovning ma’lum qilishicha, YEXHTning chuqur inqirozida faqat G‘arb davlatlari aybdor. "EXHT mohiyatan NATO va Yevropa Ittifoqining qo‘shimchasiga aylantirilmoqda. Ochig‘ini tan olsak, tashkilot tubsiz jar yoqasida", — deya Lavrovning Skopyedagi nutqidan iqtibos keltiradi Interfaks agentligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!