Bellingem "Real"dagi rekordlar kushandasiga aylanib bormoqda

Bellingem "Real"dagi rekordlar kushandasiga aylanib bormoqda

Jud Bellingem "Real Madrid"ning Chempionlar Ligasidagi 4 ta o‘yinining har birida gol urgan.

Bugun ingliz futbolchisi o‘yinning 22-daqiqasida “Napoli” darvozasini ishg‘ol qilib (4:2) “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Bellingem "Real Madrid"ning guruh bosqichidagi 5 o‘yinining 4 tasida maydonga tushib, har birida gol urgan. 20 yoshli ingliz futbolchisi "Real Madrid" tarixida klub safida turnirdagi dastlabki 4 o‘yinining har birida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Umuman olganda, Bellingem hisobida Chempionlar ligasida 10 ta gol bor. U 21 yoshga to‘lishidan oldin bu marraga erishgan tarixdagi birinchi ingliz futbolchisi bo‘ldi.

Undan tashqari faqat uchta futbolchi buni uddalashgan: Erling Xoland, Kilian Mbappe va Karim Benzema.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!