Belgiya Ukrainaga 210 milliard yevro miqdoridagi kredit uchun YEIdan avtonom kafolatlarini talab qilmoqda
Belgiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga 210 milliard yevrolik reparasiya kreditini qo‘llab-quvvatlash evaziga Yevropa Ittifoqidan avtonom kafolatlar talab qildi.
Bu haqda Euractiv qo‘lga kiritgan hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda bu taklif Yevropa Ittifoqi elchilari tomonidan muhokama qilinmoqda.
Hujjatlarga ko‘ra, Belgiya Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan taqdim etilgan kafolatlar “mustaqil va avtonom” bo‘lishini va hatto kredit haqiqiy emas deb topilgan taqdirda ham o‘z kuchini saqlab qolishini ta’kidlamoqda.
Bu talablar Yevropa Ittifoqining bo‘lajak Yevropa Kengashi sammiti oldidan Belgiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faol harakatlari fonida qo‘yilmoqda.
Belgiyaning boshqa talablari orasida Rossiyaning da’volari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy xarajatlarni boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari qoplashi hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Moskva bilan yangi sarmoyaviy bitimlar tuzmasliklari va mavjudlarini bekor qilishlari shart.
Hujjatlarda ta’kidlanishicha, bu choralar Belgiyani Rossiya tomonidan ehtimoliy javob choralaridan himoya qilishga qaratilgan. Xususan, Belgiya va Lyuksemburg SSSR bilan 1989 yilda tuzilgan investisiya shartnomasini hali ham rasmiy ravishda saqlab kelayotgani eslatildi.
Bundan tashqari, Belgiya Eurocleardan reparasiya krediti deb ataladigan narsa uchun javobgar bo‘lmasligini va depozitariy rahbariyatining faqat qo‘pol ehtiyotsizlik holatlarida javobgar bo‘lishini talab qiladi.
