Belarusda NEXTA kanalining sobiq rahbari afv etildi.

Belarusda NEXTA kanalining sobiq rahbari afv etildi.

Telegram’dagi NEXTA kanalining sobiq rahbari Roman Protasevich afv etildi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tegishli farmonni 16 may kuni imzoladi.

3 may kuni Minsk viloyat sudi Protasevichni 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi va jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashga qaror qildi. Keyin sud hukm kuchga kirgunga qadar Protasevichni uy qamog‘ida qoldirishga qaror qildi.

Protasevich 2021 yil 23 may kuni Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga uchayotgan samolyoti bortida portlovchi qurilma borligi haqidagi xabarlar tufayli Minsk aeroportiga favqulodda qo‘nganidan so‘ng Minskda qo‘lga olingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!