Bektemir Meliqo‘ziyevning kamar himoya jangiga 4 kun qoldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning kamar himoya jangiga 4 kun qoldi

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev (13-1, 10 KO) 20 aprel (bizning vaqt bilan 21 aprel tongi) kuni o‘zining 15-jangini o‘tkazadi.

Ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA Inter-Continental kamari sohibi bo‘lib turgan charm qo‘lqop ustamiz shu kuni fransiyalik Pyer Yuber Dibombe (22-0-1, 12 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak jangda Meliqo‘ziyev o‘ziga tegishli kamarni himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Nyu-Yorkda o‘tadigan katta boks oqshomining markaziy jangi birinchi yarimo‘rta vazn toifasi chempionligi uchun Devin Xeyni va Rayan Garsiya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu prof boks oqshomi DAZN PPV pullik platformasida translyasiya qilinadi.

Bugun tunda bokschilar ishtirokidagi rasmiy tadbirlar boshlanadi:

18 aprel, soat 01:00 - bokschilar ishtirokidagi ochiq mashg‘ulot

18 aprel, soat 23:00 - bokschilar ishtirokida matbuot anjumani

19 aprel, soat 23:00 - vazn o‘lchash hamda face to face marosimlari

21 aprel, soat 01:35 - boks oqshomining boshlanishi

21 aprel, soat 05:00 - boks oqshomining asosiy kardi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!