Behayolarcha videolar olgan tiktoker qizga jazo tayinlandi (VIDEO+18)

Behayolarcha videolar olgan tiktoker qizga jazo tayinlandi (VIDEO+18)

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger S. S. ning odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi tarqalib, keng muhokamaga sabab bo‘lgandi.

2022 yil 11 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida S. S. (2001 yilda tug‘ilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra fuqaro N. U. ning Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘iga yozgan ariza yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida S. S. ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan o‘zining ishtirokidagi video va rasmlarni jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan joylashtirib, jamoat tartibini buzib, fuqarolarning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘lgan.

Sudning qarori bilan S. S. ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati (protesti) berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!