Bayram kunlari ham valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlaydigan tijorat banklari e’lon qilindi

Bayram kunlari ham valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlaydigan tijorat banklari e’lon qilindi

O‘zbekistonda aholiga valyuta operasiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 18-22 mart kunlari ham tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi.

➖Ipak yoʻli bank, Trustbank, Sanoat qurilish bank, Xalq banki, Hamkorbank, Turonbank, Mikrokreditbank, Asia Alliance Bank, Agrobank, Qishloq qurilish bank, Asakabank, Milliy bank, InfinBank, Ipoteka bank, Aloqa bank, Orient Finans Bank, Kapitalbank.

Shu bilan birga, kunning istalgan vaqtida chet el valyutasini ayirboshlash imkonini beradigan “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bank kartalaridan foydalanib, masofadan valyuta ayirboshlash operasiyasini amalga oshirish imkoniyatidan ham foydalanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!