“Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi

“Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Evropa Ligasi 1/4 finali javob bahsida “Bayer” Londonda “Vest Hem” (1:1) bilan to‘qnash kelib, 89-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Germaniya klubi uydagi g‘alaba (2:0) evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa Leverkuzen klubining mag‘lubiyatsiz seriyasi 44 o‘yinga yetdi va Alonso shogirdlari top-10 ligada “Yuventus” o‘rnatgan tarixiy rekordni yangiladi. Italiya klubida bu ko‘rsatkich 43 o‘yindan iborat edi.

“Bayer” bu mavsumda biror marta yutqazmadi. Jamoa Bundesligada chempion bo‘ldi, Yevropa Ligasida yarim finalga yo‘l oldi va Germaniya Kubogi finalida «Kayzerslautern» bilan o‘ynaydi.

Final uchrashuvi 25 may kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!