Bayden AQShning Davlat kotibi va BMTdagi doimiy vakili lavozimi uchun kimni tanlaganini malum qildi

Bayden AQShning Davlat kotibi va BMTdagi doimiy vakili lavozimi uchun kimni tanlaganini malum qildi

Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, AQSh prezidenti etib saylangan Jo Bayden Linda Tomas-Grinfildni mamlakatning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga ko‘rsatmoqchi.

Bu haqda "CBS News" o‘z manbasiga asoslanib xabar qilmoqda, dedi "korrespondent.uz".

Tomas Grinfild - Barak Obama prezidentligi davrida AQSh Davlat kotibining Afrika masalalari bo‘yicha yordamchisi bo‘lgan.

Baydenga yaqin bo‘lgan demokratlar, "Axios"nashri xabariga ko‘ra, qora tanli ayol va hurmatga sazovor bo‘lgan diplomat Tomas-Grinfild "ruhiy holatni tiklashga" yordam berishi mumkinligiga ishonishadi.

Davlat kotibi lavozimi uchun esa Jo Bayden Antoni Blinkenni tanlagani xabar qilinmoqda.

Blinken Baydenning uzoq yillik maslakdoshi bo‘lib, global hamkorlik va aloqalarni kuchaytirish tarafdori hisoblanadi. Demak, davlat kotibi vazifasiga uning tavsiya qilinishini Trampning to‘rt yillik izolyasionizm siyosatiga ochiq raddiya deyishimiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!