Bayden: "AQShda koronavirusdan o‘lganlar soni 200 millionga yaqinlashgan"

Bayden: "AQShda koronavirusdan o‘lganlar soni 200 millionga yaqinlashgan"

Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden Qo‘shma Shtatlardagi koronavirusdan o‘lganlar sonini chalkashtirib yubordi. Bu haqda FoxNews yozadi.

“Agar [Demokratik nomzodning raqibi va AQShning amaldagi prezidenti] Donald Tramp xohlaganini qilsa, COVID-19 holati yanada murakkablashadi. Allaqachon ushbu virusdan 200 millionga yaqin odam vafot etdi”, – dedi Bayden.

Demokrat aslida chalkashib ketdi: o‘lganlar soni 200 mingga yaqinlashmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, agar demokratning so‘zlari rost bo‘lsa, pnevmoniya allaqachon amerikaliklarning uchdan ikki qismini o‘ldirgan bo‘lar edi – AQSh aholisi taxminan 328 million kishini tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!