Bayden amerikaliklarni Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi

Bayden amerikaliklarni Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklarni Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashishmaslikka chaqirdi.

«Amerika fuqarolari Ukrainaga bormasligi kerak», deydi AQSh yetakchisi. Baydenning qo‘shimcha qilishicha, u Ukrainada bir necha amerikalik g‘oyib bo‘lgani haqida xabardor qilingan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy ularning qayerda ekanligi haqida hozircha ma’lumot olmagan.

Avvalroq, AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays AQSh Ukrainada asirga olingan va harbiy harakatlarda qatnashish uchun u yerga borgan amerikalik fuqarolar taqdiri yuzasidan Rossiya bilan bog‘lanishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, u Vashington hozircha Moskvaga bunday iltimos bilan murojaat qilmaganiga ishora qildi.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning «The Telegraph» nashri rossiyalik harbiylar Kiyev tomonida jang qilgan ikki amerikalik yollanma askarni Xarkov chekkasida qo‘lga olgani haqida xabar bergan edi. Nashrga ko‘ra, 39 yoshli Aleksandr Dryuke va 27 yoshli Endi Xyuyn Ukrainda qo‘lga olingan birinchi AQSh fuqarolari hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!