Baxtli nikoh uchun «ideal» yosh ma’lum qilindi

Baxtli nikoh uchun «ideal» yosh ma’lum qilindi

Amerikalik sosiologlar turmush qurish uchun eng yaxshi yoshni ma’lum qilishdi. Ta’kidlanishicha, ushbu davrda turmush qurganlarda avvalroq yoki keyinroq munosabatlarini qonuniylashtirganlarga qaraganda ajrashish ehtimoli juda kam, deb yozmoqda “Marriage.com”.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, nikoh uchun maqbul yosh 28 yoshdan 32 yoshgacha ekan.

«Hayotingizning ushbu bosqichida siz nimani qidirayotganingizni bilish uchun yetarli tajribaga ega bo‘lasiz, shuningdek, oilaviy kundalik majburiyatlaringizni bajarish uchun sizda juda katta kuch jamlanadi. Siz allaqachon o‘z kasbingizning professionalisiz, demak, oilada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy masalada tashvishlanishingiz shart emas» - deydi sosiologlar.

Qayd etilishicha, oldinroq oila qurganlarga yoshlikdagi maksimalizm va hayotiy tajribaning yetishmasligi baxtli oila qurishga xalaqit berishi mumkin.

Keyinroq turmush qurilganda esa odatlar va «qurbon bo‘lishni istamaslik» yoki murosaga kelmaslik oilaviy hayotning sifatiga hamda davomiyligiga ta’sir qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!