O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib, zilzilalarda halok bo‘lganlar xotirasiga ochilgan hamdardlik kitobiga imzo chekdi.
Elchixona binosida ochilgan hamdardlik kitobiga imzo chekkan Saidov shunday dedi:
— Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzilalar natijasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohatlangani azaliy birodaringiz, o‘zbek xalqining qalbini chuqur larzaga soldi. Birodarimiz va strategik hamkorimiz — Turkiyaning dardiga sherikmiz. Sizning dardingiz — bizning dardimiz hamdir. Biz birga kelgan og‘ir sinovlarni yengib o‘tishga va barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyormiz.
Saidov Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar bilan ham uchrashib, hamdardlik bildirdi va marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Turkiyadagi o‘zgarishlarni yaqindan kuzatib borayotganini qayd etgan Saidov, shu paytgacha Turkiyaga birinchi insonparvarlik yordami yetkazilganini, yaqin kunlarda yana insonparvarlik yordami jo‘natishini bildirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.