Baxtiyor Saidov Malayziya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Malayziya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Kuala-Lumpur shahrida Malayziya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari Abdul bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilayapti «Dunyo» AA muxbiri.

«Malayziya Parlamenti Vakillar palatasi Spikeri Johari Abdul janoblari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lganimizni qadrlaymiz, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. — Parlament diplomatiyasi xalqlarimizni yaqinlashtirishda katta ustunlikka ega bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlik ravnaqi yo‘lida muhim masalalarni hal etishda yanada faol ahamiyat kasb etishi shubhasiz».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!