"Bavariya" "Manchester Siti" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Bavariya" "Manchester Siti" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Bavariya" o‘zining rasmiy sayti orqali "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluni ijaraga olganini e’lon qildi.

28 yoshli portugaliyalik bilan shartnoma muddati 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha hisoblangan.

"Bavariya" - buyuk klub, dunyoning eng yaxshi klublaridan biri va men uchun jamoada shunday ajoyib o‘yinchilar bilan birga o‘ynash katta sharaf. Bilaman, bu klub, bu jamoa unvonlar uchun yashaydi va har yili g‘alaba qozonadi. "Bavariya" uchun bor kuchimni ishga solaman", - deya Kanselu so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

28 yoshli himoyachi joriy mavsumda “Manchester Siti” safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!