"Barselona" yarim himoyachisi Lonlon klubiga o‘tishi mumkin

"Barselona" yarim himoyachisi Lonlon klubiga o‘tishi mumkin

"Barselona" yarim himoyachisi Frenk Kesse qishki transfer oynasida "ko‘k-anorranglilar" safini tark etishi mumkin.

Avvalroq futbolchining agenti Italiya chempionatiga qaytish haqidagi mish-mishlarni rad etib, Kesse kataloniyaliklar safida baxtli ekanini ta’kidlagandi. Shunga qaramay, 25 yoshli ivuarlik futbolchining "Kamp Noun"ni tark etishi ehtimoli juda yuqoriligicha qolmoqda va futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan klublar ro‘yxati ortib bormoqda.

Sport nashrining xabariga ko‘ra, "Tottenxem" futbolchini sotib olmoqchi. Shu bilan birga, "ko‘k-anorranglilar" Frenk bilan xayrlashishga qarshi emasligi ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!