"Barselona" "Real"ning sobiq futbolchisini transfer qilmoqchi

"Barselona" "Real"ning sobiq futbolchisini transfer qilmoqchi

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi va hozirda "Betis"da o‘ynayotgan futbolchi Isko top-klubga qaytishi mumkin. Todofichajes nashrining xabariga ko‘ra, 31 yoshli yarim himoyachining transferiga "Barselona" qiziqmoqda.

"Ko‘kanorranglilar" yarim himoyachini keyingi yozda erkin agentga aylanganda o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas. "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Iskoning iqtidoriga muxlislik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi 2013 yildan 2022 yilgacha "Real"da o‘ynagan.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Isko 14 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!