"Barselona" Rahim Sterlingni sotib olmoqchi

"Barselona" Rahim Sterlingni sotib olmoqchi

"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterlingga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi jurnalist Matteo Moretto o‘z tvitterida.

Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi yozgi transferlar vaqtida futbolchini sotib olmoqchi. "Barselona"ning bir nechta futbolchilari kelishuvga qo‘shilishi mumkin.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli Sterling "Manchester Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 49 uchrashuv o‘tkazdi,14 gol urdi va 12 golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!