"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisini sotib olishga yaqin turibdi

"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisini sotib olishga yaqin turibdi

"Barselona" "Manchester Siti" klubi hujumchisi Ferran Torresning transferi ustida ishlamoqda.

Kataloniyalik insayder Jerar Romeroning xabar berishicha, Kataloniya klubi sport direktori Mateu Alemani hozir Manchesterda va "Siti" bilan Torresning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi "Barselona"ga o‘tishni intiqlik bilan kutmoqda. Klublar transfer shartlarini muhokama qilishmoqda. Katta ehtimol bilan, Ferran sotib olish sharti bilan ijaraga olinadi.

Ferran Xosep Gvardiolaga "Barsa"ga o‘tishni istayotganini aytdi. Unga boshqa klublardan takliflar bor, lekin u faqat Kataloniya klubiga o‘tishni xohlaydi.

Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi ispaniyalik futbolchining transferiga allaqachon rozilik bergani qayd etilgan.

Shu bilan birga, Marca va AS nashrlari “Barselona” Torres bilan to‘liq kelishuvga erishgani va hozirda “Siti” bilan transfer masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Kataloniya klubi uzoq vaqtdan beri Ferran Torresni sotib olish ustida ishlamoqda.

Klub buni ustuvor vazifa deb biladi. Transfer qishki yoki yozgi transfer oynasida amalga oshiriladi.

Insayder Fernando Poloning yozishicha, Torres "Manchester Siti"dan har qanday holatda ham uni "Barselona"ga qo‘yib yuborishni so‘ragan. Shuningdek, manbaning xabariga ko‘ra, "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola ispaniyalikning ketishiga o‘z roziligini bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!