«Barselona» faqat 3 futbolchini sotmaydi

«Barselona» faqat 3 futbolchini sotmaydi

«Barselona» faqat 3 futbolchini daxlsiz deb biladi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Kataloniya klubi Pedri, Gavi va Ronald Arauxodan tashqari barcha futbolchilar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. «Barselona» ushbu futbolchilar o‘yin va ruhiy sifatlari bo‘yicha klub uchun ideal ekaniga ishonadi hamda kelajakda ular jamoaning asosiy o‘yinchilariga aylanishlarini kutmoqda.

Loyihada Pedri, Gavi va Arauxoning rolini Xavi, Karles Puyol hamda Andres Iniyestaga qiyoslanmoqda.

Bu bilan «Barsa» qolgan futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor degani emas, biroq agar foydali taklif tushsa, klub ularni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!