Barchamizni qiynagan savolga batafsil javob: necha soat uxlash kerak?

A A A
Barchamizni qiynagan savolga batafsil javob: necha soat uxlash kerak?

Meduza kartochkalar vositasida juda dolzarb savolga qisqa va lo‘nda javoblar beradi.

Bilaman — sakkiz soat. Shuncha uxlashim shartmi?

Yo‘q, shart emas. Kim uchundir olti soatlik uyqu ham yetarli, kimdir esa to‘qqiz soat uxlab ham uyquga to‘ymaydi. Biroq aksariyat mutaxassislar haqiqatan ham shunday deb hisoblaydi — voyaga yetgan shaxsning optimal uyqu vaqti etti—sakkiz soatni tashkil etishi kerak.

Qancha vaqt davom etadigan uyquni tabiiy deb hisoblash mumkin?

Bir narsa deyish qiyin. Bu masalada olimlarning fikri turlicha va «tabiiy uyqu» deganda nimani nazarda tutish kerakligi ham hali to‘la aniq emas — uyqu normalari bosqichma-bosqich o‘zgarib borishi mumkin. Ba’zi fikrlarga ko‘ra, muntazam ravishda sakkiz soat uxlash kerak degan g‘oya — nisbatan yangi hodisa. Tarixchi Rojer Ekirx ko‘p yillar davomida turli arxiv hujjatlarini o‘rganib, XIX asrga qadar odamlar o‘z uyqusini ikki qismga bo‘lgan, degan xulosaga keldi — ular avvaliga to‘rt soat uxlab turib, bardam holida bir soat biror ish bilan band bo‘lgan va so‘ng yana uyquga ketgan. Olimning fikricha, bu amaliyot XVII asrdan boshlab, ko‘p jihatdan, ko‘cha va uylarning sun’iy ravishda yoritila boshlangani sabab o‘zgara boshlagan.

Quyosh botayotganida uxlashga yotib, tongda uyqudan turish — eng yaxshi uyqu mana shu, to‘g‘rimi?

Yo‘q. Ba’zi odamlar haqiqatan ham shuni to‘g‘ri deb o‘ylaydi — emishki, tabiat o‘zi shunday yaratilgan, biroq inson sun’iy yoritishni o‘ylab topib, hammasini rasvo qilgan. Bunday emas. Ba’zi mamlakatlarda faqat ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar bor, ya’ni, ular ibtidoiy turmush tarzini olib boradi. Ular qorong‘i tushishi bilan uxlashga yotib, quyosh chiqquniga qadar kamida yetti—sakkiz soat uxlaydi, deb taxmin qilish mumkin edi. Olimlar Namibiya, Boliviya va Tanzaniyadagi shunday qabilalar hayotini kuzatib, ular quyosh botishi bilan darhol uyquga yotmasligi va tong yorishishidan avval uyg‘onishini aniqladi. Ya’ni, ular «sivilizasiyalashgan» dunyoda ishlayotgan odamlar kabi olti soatga yaqin uxlaydi.

To‘yib uxlamaslik oqibati yomonmi?

Bu endi chala uyqu qancha davom etganiga bog‘liq. Uyqingiz bir-ikki soatga chala qolsa, kayfiyatingiz yomon bo‘lishi va nuqul uxlagaingiz kelishi mumkin. Muntazam ravishda to‘yib uxlamaslik oqibatida esa, odatda, insonning fikrlashi yomonlashadi, eslab qolish qobiliyati pasayadi, voqea-hodisalarga munosabat bildirishi sekinlashadi. Oqibatda turli falokatlar yuz beradi — masalan, AQShda yil davomida qayd etiladigan yo‘l-transport hodisalarining 100 mingtasi haydovchilarning to‘yib uxlamasligi oqibatida yuz beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, uyquga to‘ymagan odamlar suhbatdoshining hissiyotlarini to‘la anglab ololmaydi, bu esa muloqotdagi turli muamolarga sabab bo‘ladi. Yomon uyqu insonning jinsiy faolligiga ham salbiy ta’sir qiladi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, belgilanganidan kamroq uxlaydigan odamlarda «uyqu qarzi» shakllanadi — masalan, ish haftasi davomida har kuni ikki soatdan kam uxlasangiz, dam olish kunlari o‘n soatlik uyquga qarz bo‘lasiz.

Dam olish kunlari to‘yib uxlab olsam, hammasi yaxshi bo‘lib ketadimi?

Unchalik emas. Bunda vaziyat ko‘p jihatdan qarz oldi-berdisiga o‘xshaydi: siz 100 ming so‘m qarzsiz, qarzning 20 ming so‘mini uzganingizdan so‘ng vaziyat birmuncha yaxshilanadi, biroq qarzdan to‘la qutilmaysiz. Ba’zi qarzlar esa ustiga foiz ham «tug‘adi».

Kunduzgi uyqu-chi, yordam beradimi?

Yordam beradi, lekin tungi uyqusizlikning barcha oqibatlaridan xalos etmaydi. Keyin, hamma ham o‘ziga kunduzgi uyqudek hashamni lozim ko‘ra olmaydi. Agar ish tugashi bilan uxlashga yotib olsangiz, kechqurun ko‘zga uyqu kelishi masalasida muammolar boshlanishi ehtimoli mavjud. Yo‘q, kunduzgi uyqu tungi uyqu bilan bog‘liq muammolarni to‘la hal qila olmaydi.

Juda ko‘p uxlab yuborsam nima bo‘ladi?

Yaxshi bo‘lmaydi. Olimlarning fikricha, keragidan ortiq uxlash turli muammolarga — semirish, tushkunlik, yurak xastaliklari va boshqa noxushliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Sakkiz soat uxlashning hech iloji bo‘lmasa-chi?

«Sakkiz» degan raqam atrofida o‘ralashib qolish shart emas. Yuqorida qayd etganimizdek, olti soatlik uyqudan so‘ng tiniqib uyg‘onadigan odamlar ham bor. Eng asosiysi, tiniqib va yaxshi kayfiyatda uyg‘onish.

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

O‘zbekistonlik tadbirkor O‘tkir Yusupovga Toshkent shahridan 3 xonali uy va’da qildi (video)

Тадбиркор БААга қарши ўйинни Абу-Даби шаҳридаги стадионда бевосита томоша қилди ва ўйиндан кейиноқ ушбу ваъдани берди.

Ukraina kutilmaganda havo jangida g‘alaba qozondi: F-16 Rossiyaning Su-35 samolyotini urib tushirdi

Украина ҳаво жангида тарихий ғалабага эришди: тарихда биринчи марта Ғарбий F-16 қирувчиси Россиянинг Су-35 Фланкер самолётини уриб туширди.

Toshkent shahar IIBB jiddiy ogohlantiradi!

Ички ишлар бош бошқармаси телеграмдаги саҳифасида янги мурожаат эълон қилди.

Rossiya Maskka boshpana beradimi?

Илон Маскнинг Доналд Трамп билан зиддиятидан сўнг Давлат Думаси Россия миллиардерга сиёсий бошпана беришга тайёрлигини маълум қилди.

Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlarni tashigan yuk mashinalari haydovchilarining hech nimadan xabari bo‘lmagan

Бу ҳақида Украина президенти маьлум қилди.

Yurtimizda yana bir poraxo‘r amaldor qo‘lga tushdi!

Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh moliya vaziri Ilon Maskning ko‘zini ko‘kartirdi

Бессент шунингдек, Маскни фирибгар деб атади

"New York Times": "O‘zbekiston bunday tarixiy natijani qo‘lga kiritgan uchinchi mamlakat bo‘ldi"

"New York Times" нашрида чоп этилган навбатдаги мақолада Ўзбекистон терма жамоасининг футбол бўйича 2026 йилги жаҳон чемпионатига муддатидан олдин йўл олганига эътибор қаратилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

АҚШ 2021 йилда Россиянинг Украина бетарафлигини эълон қилиш таклифидан бош тортган

Rossiya “o‘rgimchak to‘ri” operasiyasiga javoban Rovendagi harbiy aerodromga zarba berdi

Маҳаллий маъмурият Россия дронлари ва ракеталари тунда Ривне вилоятига ҳужум қилганини тасдиқлади.

Isroil Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini topshirdi

Агар кимдир Исроил Украинага ҳарбий ёрдам бермаганини айтса, демаж, бу ёлғон

Migrasiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi reyd bo‘yicha rasmiy munosabat berdi

Ўзбекистоннинг Москвадаги Бош консулхонаси ва Миграция агентлиги бу масалани назоратга олган.

Markaziy Osiyodagi eng yirik muzlik — Fedchenko muzligi 40% ga erib ketdi

Бу ҳолат Амударё ҳавзасидаги сув муаммоларини янада кескинлаштириши мумкин.

Mashhur bloger Xabi Leym AQSh immigrasiya qonunlarini buzgani uchun Las-Vegas xalqaro aeroportida hibsga olindi

Блоггер 30 апрель куни АҚШга кирган ва унинг визаси муддатидан ошиб кетган. 25 ёшли Италия фуқароси 6 июнь куни қўлга олинган, бироқ ўша куниёқ қўйиб юборилган: у ўз ихтиёри билан мамлакатни тарк этишга рухсат олган. Лейм ижтимоий тармоқларда воқеага изоҳ бермади.

EC Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning 18-paketiga 70 ta sud va 22 ta bankni kiritishi mumkin

Бундан ташқари, SWIFT тизимидан узиладиган 22 та банк учун чекловлар жорий этилиши режалаштирилган.

G‘azoda yordamga ketayotgan falastinliklarga qarata o‘q otildi

Ғазонинг Tal ал-Султон ҳудудида гуманитар ёрдамга келган фаластинликларга қарата ўқ узилди. Бу сафар Исроил ҳарбийлари эмас, балки номаълум қуролланган маҳаллий шахслар ҳам отишмада қатнашгани гувоҳлар томонидан тасдиқланди.

Ukraina Yevropa gaz bozorida inqilob qilishi mumkin — The Telegraph

Украинада катта газ захиралари борлиги анча вақтдан бери маълум. Британиянинг The Telegraph нашри мамлакатнинг сланец гази ишлаб чиқариш орқали Европа бозорида янги инқилобга олиб келиши мумкинлигини таъкидлади. Бироқ бу режалар амалда фақат уруш тугагандан кейингина амалга ошиши мумкин.

BMT: Jahonda tug‘ilish darajasi keskin pasaymoqda

БМТнинг янги ҳисоботига кўра, глобал миқёсда туғилиш даражалари кескин пасаймоқда. Бунга асосий сабаблар сифатида ота-она бўлиш харажатларининг ортиши ва муносиб турмуш ўртоқ топишдаги муаммолар кўрсатилмоқда.

Los Anjelesda noroziliklarga 700 nafar dengiz piyoda askarlari safarbar etildi

АҚШ президенти Доналд Трамп буйруғига биноан, Калифорниядаги ҳарбий базага қарашли 700 нафар денгиз пиёда аскарлари Лос Анжелесдаги намойишларга қарши ҳаракатларда миллий гвардия сафига қўшилди. Бу қарор губернатор ва шаҳар ҳокимияти розилигисиз қабул қилинди.

BMT: G‘azodagi maktab va universitetlarning 90 foizdan ortig‘iga zarar yetkazilgan yoki vayron qilingan

БМТнинг Мустақил халқаро тергов комиссиясига кўра, Фаластин анклавида “болалар, жумладан, ўсмирлар таълими ва ўқитувчиларнинг ҳаёти ачинарли аҳволда.

O‘zbekiston tomoni Rossiyada migrantlarga qarshi reyd bo‘yicha xavotirini bildirdi

Миграция агентлиги Россиядаги рейд жараёнида меҳнат муҳожирларига нисбатан куч қўлланилиши ҳолати юзасидан расмий муносабат берди.

Avstriyadagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Полиция кенг қамровли хавфсизлик амалиётини бошлади

Hindistonda internet o‘chirib qo‘yildi

Бунга этник гуруҳ етакчиларининг ҳибсга олиниши оқибатида норозилик намойишлари бошлангани сабаб бўлган.

Amirsoyda bino yonib ketdi

Шунга кўра, 5 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 02:01 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 02:13 да ўраб олинган ва соат 04:20 да ўчирилган.

Buxoroda 2 yoshli bolaning tomog‘idan ikkita tanga chiqarib olindi

Тангалар унинг қизилўнгачида тиқилиб қолган.

AQShda salmonellalar avj olmoqda: 2 million dona tuxum qaytarib olindi

Касаллик ёш болалар, катталар ва иммунитети заиф одамлар учун ҳам ўлимга олиб келиши мумкин.

Ispaniyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazildi

У, шунингдек, Испания Бош вазири Педро Санчес бошчилигидаги ҳукуматнинг Каталония сиёсий кучлари билан эришган келишувларини кескин танқид қилди.

Toshkent aeroportida chiroq yarim soatga o‘chib qoldi

Маълумотларга кўра, реконструкция ишлари доирасида 10 дақиқалик режали ўчириш режалаштирилган бўлган, бироқ кутилмаган қисқа туташув сабаб узилиш чўзилган.

Los-Anjelesda 50 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi

Полиция маълумотларига кўра, ҳибсга олинганлардан бири ҳуқуқ-тартибот ходимига Молотов коктейли отган

Qur’on kurslarida tahsil olgan 24 nafar voyaga yetmagan o‘quvchi jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan

Аввалроқ Туркия ҳудудида ноқонуний фаолият юритаётган яширин диний таълим муассасаларида вояга етмаган Ўзбекистон фуқароларига нисбатан жинсий зўравонлик ҳолатлари аниқланган ва бир қатор шахслар жавобгарликка тортилган.

Dovul Texasda 160 000 dan ortiq aholini elektrsiz qoldirdi

“Репорт” ТАССГА таяниб , бу ҳақда The Washington Post хабар бермоқда.

Eron AQShga yadroviy muzokaralar bo‘yicha taklifini taqdim etdi

Теҳрон Вашингтоннинг мавжуд таклифини қабул қилмаслигини маълум қилиб, Уммон орқали ўзининг «оғир ва мувозанатли» муқобил таклифини тақдим этмоқчи. Эрон, шунингдек, халқаро ҳамжамиятни Исроилни ядровий қуролсизлантиришга чақирди.

Muhammad Sinvarning jasadi tunneldan topildi

Исроил ҳарбийлари ҲАМАС қўмондони Муҳаммад Синварнинг жасади Ғазодаги Европа касалхонаси остидаги туннелдан топилганини маълум қилди. Бу ҳолат Ғазо урушида янги босқич бошланганини англатиши мумкин.