Bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi (video)

Bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi (video)

Rossiyaning Vologodsk viloyatidagi Cherepoves shahrida bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Hodisa 8 oktyabr kuni ertalab soat 5 da shaharning Mochenkov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan bank bo‘limida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, bankomat erkak uni gaz uskunasi yordamida ochmoqchi bo‘lgan paytda portlab ketgan. Natijada voqea joyida erkakning o‘zi ham halok bo‘lgan.

Ushbu binoda istiqomat qiluvchilar jabr ko‘rmagan. Hozirda tergovchilar hodisa tafsilotlarini aniqlashmoqda.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!