Bag‘dod tumanida avtomashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Bag‘dod tumanida avtomashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Bag‘dod tumanida 6 sentyabr kuni S.J Mustaqillik ko‘chasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan M.M.ga tegishli “Sinotruk Hoka” rusumli yuk avtomashinasini olib qochib, ushbu transport vositasini Do‘stlik ko‘chasiga ochiq holatda tashlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!