Aziza Niyozmetova qayerga dafn etiladi: Xorazmgami yo Toshkentga?

Aziza Niyozmetova qayerga dafn etiladi: Xorazmgami yo Toshkentga?

Niyozmetova 2017 yil, 45 yoshni qarshilaganda to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirgan edi.

 

Avvalroq, taniqli xonanda Aziza Niyozmetova 15 oktyabr kuni og‘ir xastalik sabab 46 yoshida olamdan o‘tgan haqida xabar bergan edik. “Qalampir.uz” aniqlagan ma’lumotlarga qaraganda, Aziza Niyozmetova bugun tushdan keyin o‘zi tug‘ilib o‘sgan Xorazmga dafn etiladi.
 
Aziza Niyozmetova joriy yil boshida o‘pka saratoni xastaligiga chalingan edi. Yanvar oylarida alomatlari ko‘ringan kasallik ortidan Hindistongacha borgani, biroq shifokorlar davo topa olmagani haqidagi gaplar yetib keldi bizga.
 
Niyozmetova 2017 yil, 45 yoshni qarshilaganda to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirgan edi.
 
U olti bolaga onalik qildi. Umrining so‘nggi yillarida yana ikki norasidani o‘z oilasi bag‘riga olib, ularga onalik qilgan.
 
Xonanda oxirgi 2-3 oyda yaqin do‘stlariga ham ko‘rinish bermagan. San’atkor do‘stlari uning Xorazmga qaytib ketganidan ham bexabarligini, Niyozmetova telefonlarga javob bermaganini aytishmoqda.
 
Aziza Niyozmetovaning ijodi 2000 yillarga borib taqaladi. O‘sha vaqtlarda Xorazmdan chiqqan xushovoz Azizaning “Kishmish” qo‘shig‘ini eshitib, uning nolalariga mahliyo bo‘lmaganlar kamdan kam uchrardi. Xonanda o‘tgan yillar davomida salmoqli ijod qildi, o‘zidan yuzlab yaxshi qo‘shiqlar qoldirdi.
 
“Qalampir.uz” tahririyati a’zolari nomidan Aziza Niyozmetovaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!