Azar ertaga “Real” futbolchisiga aylanishi mumkin, chunki...

Azar ertaga “Real” futbolchisiga aylanishi mumkin, chunki...

Xabaringiz bor, “Real” “Chelsi” a’zosi Eden Azarni sotib olishga intilmoqda. Belgiyalik futbolchi ayni damda “qirollik klubi” rahbariyatining asosiy nishoni bo‘lib turibdi. “Real” Azarni 190 mln yevroga sotib olishga rozi va kelishuv deyarli hal bo‘lgan.

Jurnalist Janluki Di Marsioning aytishicha, bu transfer shanba kuni, ertaga hal bo‘lishi mumkin. Chunki “Real” prezidenti Florentino Peres ertaga Azarning advokati va otasi bilan uchrashmoqchi. U bu uchrashuvda transferni yakuniy hal qilish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!