Ayolning sumkasini tortib olib, voqea joyidan ketib qolgan talonchi qo‘lga olindi

Ayolning sumkasini tortib olib, voqea joyidan ketib qolgan talonchi qo‘lga olindi

2018 yil 31 dekabr kuni noma’lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar Okjagis MFY hududida fuqaro Z.S. (ismli ayol)ni qo‘lidan ichida 500 AQSh dollari, fuqarolik pasporti va zargarlik buyumi bo‘lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan ketib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nukus shahrida yashovchi A.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!