Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)

A A A
Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)

Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan Namangandagi 61-Xalqaro gullar festivaliga bordik. Tashrif davomida Namangandagi qadimiy shahar — Axsikent xarobalarida ham bo‘ldik.

Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)

UZOQ TARIX

Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Axsikat shahri miloddan avvalgi III-II asrlarda vujudga kelgan, IX-X asrlarda Farg‘ona vodiysining poytaxti bo‘lgan. 1219 yilda mo‘g‘ullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shaharning eski o‘rnidan 5-7 km. g‘arbda bunyod etilgan yangi shahar Axsi 14-17 asrlarga oid. “Boburnoma”da Axsikent haqida shunday tavsif beriladi: “… Farg‘onada Andijondin so‘ngra mundin ulug‘roq qasaba yo‘qtur… Umarshayx Mirzo muni poytaxt qilib edi…” O‘z zamonasida berilgan mana shu ikki jumla ta’rifning o‘ziyoq Axsikent o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutadigan makonlardan biri ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)

Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)

AXSIKENT SO‘ZINING MA’NOSI

Ma’lumotlarga ko‘ra, Axsikent so‘zi “Axsining yurti” degan ma’noni bildiradi. Axsi esa Axzi so‘zidan olingan. Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” (XIV asr) asarida yozilishicha, Xusrav I Anushervon (532-579) Farg‘onani bino qilib, bu yerga har bir xonadondan bittadan kishini ko‘chirgan, o‘sha kishilardan birining ismi Axzi bo‘lib, u barpo etilgan joy uning nomi bilan atala boshlagan.

Tilshunos olim F.Ishoqov “Axsi” so‘zi hakas tilidagi “agis” so‘zining qisqarishidan kelib chiqqanini, ya’ni “agis”-agsi-axsi-shakliga kelganini ta’kidlaydi. Rus olimlari M.N.Bogolyubov va D.I.Smirnovalar esa “Axsikat” so‘zi sug‘d tilidan tarjima qilganda “xshikat” – “oq shahar” degan ma’noni anglatadi, deb yozganlar. Yozma manbalar va adabiyotlarda Axsikent “Axsi”, “Axsikat”, “Askatan”, “eski Axsi”, “yangi Axsi” deb yozib kelingan. Axsikent Farg‘ona vodiysidagi qadimiy shahar bo‘lib, Shahriston daryo sathidan 50 metr balandlikda joylashgan 300 gektardan ortiq maydonni egallagan.

Mashhur sayyoh geografik olim Yoqut Hamaviyning (1179-1229) “Mo‘’jam al-buldon” (“Mamlakatlar lug‘ati”) asarida yunon tarixchilari Gerodotning (miloddan avvalgi V asr) “Tarix” va Ptolomeyning (miloddan avvalgi III asr) “Kundaliklar” asarlarida Farg‘onaning poytaxti “Askatan” deb tilga olingani eslatilgan. Xitoy sayyohi Chjon Syan (miloddan avvalgi II asr) o‘z kundaliklarida O‘rta Osiyoning Dovon (Davan) degan dehqonchilik yurti borligi, uning aholisi 300000 kishi bo‘lib, 60000 qo‘shinga egaligi, ular kamon va nayzalar bilan qurollangani va ot ustida jang kilishga mohir ekanliklari, sholi, g‘alla, uzum ekilishi, zotdor otlari haqida yozib qoldirgan.

Akademik YA.G‘ulomov boshchiligida 1960 yildan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Jomasho‘ydan Namanganga borish yo‘lining chap tomonida joylashgan antik davr Axsikenti miloddan avvalgi III-II asrlarga taalluqli ekanligi aniqlangan. Axsikent yoshi jihatdan “Afrosiyobga tengdosh shahar ekanligi”ma’lum bo‘lgach, Axsikent “Fargona Afrosiyobi” nomini olgan. Hozirda antik Axsikentning katta qismi ekinzor qilib o‘zlashtirib yuborilgan, uy-joy qurilgan, qabriston qilingan, tuprog‘i qurilish ashyosi sifatida (sariq tuproq) tashib ketilgan. Shahristonning janubi-sharqiy qismida olib borilgan qazishlar natijasida u yerdan naqshli, to‘rtburchak “Davan tipi”ga mansub sopol buyumlar topilgan. Shahristonning quyi qatlamlari miloddan avvalgi III-II asrlarga taalluqli ekanligi qadimshunos olimlar t.f.n I.Ahrorov va A.Anorboyevlarning tadqiqotlari natijasida aniqlangan. Z.M.Boburning “Boburnoma” asarida “Axsi suvi Kosondan kelur” deb ko‘rsatilgan. Tadqiqotlar vaqtida haqiqatan ham Axsikentga Kosonsoydan yer osti orqali ichimlik suvi olib kelinganligi aniqlandi. 1970-1980 yillarda arxeolog va tarixchi olimlar marhum Y.Qosimov, I.Ahrorov, A Muhammadjonovlarning say-harakatlari bilan Axsikent suv yo‘lini topish va qazish ishlari natijasida g‘oyat pishiq g‘ishtdan tunnel usulida qurilgan irrigasion inshootning noyob namunalari topilgan.

MO‘G‘ULLAR BOSQINI

X-XII asrlarga mansub hammom qoldiqlari ham o‘sha davr memorlarining nihoyatda yuksak didli va o‘z ishining mohir ustasi ekanliklarini ko‘rsatadi. Hammom bir necha xonalardan iborat bo‘lgan, binoni qizdirish va yuvindi suvlarini tashqariga chiqarish kabi muhim masalalar oqilona hal qilingan. Hammomlar devorlariga tik o‘rnatilgan sopol quvurlar-dudburonlar vositasida isitilgan. Hammom shifoxona vositasini ham o‘tagan bo‘lishi mumkin.

1220 yilda mo‘g‘ullar tomonidan Axsikent shahristoni bosib olingach, vayronaga aylantirilgan, shahriston yondirilib, kultepaga aylantirilgan. Ana shu tariqa “Eski Axsi” xarobazorga aylangan. XIV asr ikkinchi yarmidan boshlab omon qolgan xalq ko‘payib, kichikroq shahar barpo etilgan. Shaharcha xalq orasida “Yangi Axsi” deb yuritilgan.

Axsikent daryo yoqasidagi tepalik ustida atrofi jarliklardan iborat qulay bo‘lgan maydonga joylashgan. Shu bois, qo‘rg‘on atrofini qalin mudofaa devorlari bilan o‘rab olish shart bo‘lmagan. Aholi yashaydigan mahallalar qo‘rg‘ondan uzoqda joylashgan. Bu haqda Bobur shunday yozgan: “Mahollati qo‘rg‘ondin bir shariy yiroqroq tushubdir “Deh kujovu, daraxti kujo”, (“qishloq qayda-yu, daraxtlar qayda”) masalini g‘olibo Axsi uchun aytibdurlar".

ZILZILADA VAYRON BO‘LGAN AXSI

Axsi qo‘rg‘oni xarobalari Bobur jamoa xo‘jaligining Sirdaryoning o‘ng sohilida saqlanib qolgan yerlar “Yakka yigit” uchastkasi maydonida joylashgan. Temuriylar asos solgan Axsi shahri 1620 yilda (hijriy 1030 y.) ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida halokatga uchragan. Bu haqda Ishoqxon Ibrat (1862-1937) “Farg‘ona tarixi” asarida keltirib o‘tadi. Har ikki muallif bir manbadan foydalanganlar: kosonsoylik tabiatshunos va geograf olim Said Muhammad Toxir ibn Abdul Qosim 1640 yilda “Ajoyib ut-tabaqot” (“Mintaqa ajoyibotlari”) asarida o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni bayon qilgan. “Hijriy 1030 yilda Axsida shunday zilzila bo‘ldiki, Sirdaryodan chayqalib chiqqan suv daryo chetidagi dalani bosib ketdi. Imoratlar vayron bo‘ldi, ko‘p odamlar yiqilgan imoratlar ostida qolib o‘ldi. Katta daraxtlar ildizi bilan yulinib yerga tushdi. Olti oygacha zilzila shunday bo‘lib turdi. Masalan, birinchi kuni zilzila 70 martagacha borib yetdi. Shunisi qiziqki, eng qattiq zilzila Axsi qo‘rg‘onining ichida bo‘lib, atrof qishloqlarda uncha qattiq bo‘lmadi, shahardan bir farsax yerda (1 farsah — 17 km – Z.I.) hech qanday tovush eshitilmadi. Ana shu vayronagarchilikdan so‘ng Axsi shahri qayta tiklanmagan. Zilziladan omon qolgan aholi esa boshqa taraflarga ko‘chib ketgan.

Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)Axsikent xarobalari — bosqinlar, ziddiyatlar va halokatli zilzila (FOTOGALEREYa)

Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyi direktori Ibrohim Yusupovning aytishicha, muzey mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademisi Arxeologiya instituti hamda Namangan davlat universitetining talabalari bilan birgalikda to‘rt yil davomida 100 gektar madyonga ega Axsikent xarobalarida qazishmalar olib borilgan bo‘lsada, bu hali yetarli emas. Chunki qadim qal’aning atigi 0,5 foizi o‘rganilgan, xolos.

140 GEKTARDAN IBORAT SHAHAR

Manbalarda qayd etilishicha Temuriylar davrida Axsikent 140 gektardan iborat shahar bo‘lib, Sirdaryoning shimoliy qismida joylashgan. Axsikent barcha qadimiy shaharlarimiz singari uchta asosiy qismdan iborat bo‘lgan. Shaharning ark, shahriston va rabot qismlari bo‘lgan. Ma’lumki, shaharlarning ark qismida hukmdorlar, shahristonda esa shahar aholisi, turli ma’muriy binolar, masjid va madrasalar bo‘lgan. Rabot qismi esa shahardan chetda joylashgan bo‘lib, u yerda asosan karvonsaroylar va bozorlar faoliyat ko‘rsatgan. “Axsikent” arxeologiya ob’ekti merosini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi direktori, tarix fanlari nomzodi, dosent Tohirjon Qozoqovning aytishicha, ushbu maskan ko‘p yillardan buyon 1221 yildagi mo‘g‘ullar bosqini natijasida vayrona qilingan deb kelinar edi. Biroq shahar oradan 400 yil o‘tib, 1621 yilgi kuchli zilzila natijasida vayron bo‘lgani oydinlashdi.

Bugun qadimgi shahar xarobalari yonida joylashgan Shahand qishlog‘ida tarixiy yodgorlikdan topilgan buyumlar, shaharning boy tarixini so‘zlab beruvchi manbalar saqlanayotgan muzey ochilgan. Unda saqlanayogan XIV-XVII asrlarga oid sopol, idishlar, kosa, taqsimcha, qora chiroq, sopol qozon, o‘sha davr hokimlari nomi bilan zarb qilingan tanga pullar, ziynat buyumlari, ko‘zalar, xanjar, qilich, temirchilik asboblari, bir patlar bu yorda hayot qaynaganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda qadimiy Axsikent yodgorligi YUNESKO butunjahon madaniy merosi ob’ekti hisoblanadi. 2001 yilda Axsida “O‘zbek davlatchiligi tarixida Axsikent” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazilgandi. Ammo uning tarixi yetarli targ‘ib qilinmadi, ko‘zda tutilgan muzey hozirgacha mavjud emas. Axsikent qal’asining umumiy ko‘rinishi hamon mutaxassislar tomonidan rekonstruksiya tarzda tiklanmadi, aniq xaritasi yo‘q, chegarasi noma’lum qolmoqda. Tarixi eramizdan avvalgi IV asrlarga borib taqaluvchi bu noyob yodgorlikni chuqur o‘rganish, qadim poytaxt shahar tarixi bilan yurtdoshlarimiz, xorijiy sayyohlarni tanishtirish vilotda turizmni rivojlanishi uchun keng imkoniyatdir.

Maqolani tayyorlashda Nargis QOSIMOVAning materialidagi ma’lumotlardan foydalanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Qirg‘izistonda favqulodda holat e’lon qilindi

Офат оқибатларини бартараф этишга жами 76 киши ва 12 техника жалб этилган.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Gvardiola: "Uning o‘ynamayotganining yagona sababi - men"

"Манчестер Сити" устози Хосеп Гвардиола жамоа ҳужумчиси Жек Грилиш нега кўп ўйин амалиётига эга бўлмай қўйгани ҳақидаги саволга жавоб берди.

Xato tuzatildi: Bobir Abdixoliqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Президент Фармони билан бир гуруҳ ёшлар «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди.

Germaniya kansleri: Isroilning “iflos ishi” haqidagi fikrimdan afsuslanmayman

Германия канцлери Фридрих Мерц Исроилнинг Эронга қарши амалиётини “Ғарбнинг ифлос иши” деб атаган баёнотидан афсусланмаслигини маълум қилди.

Saudiyaliklar Messiga dahshatli shartnoma taklif qilishdi

Бу ҳақда TEAMtalk нашри хабар берди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

O‘zbekiston terma jamoasi vingeri yana yurtimizga qaytmoqda

Ҳозирда БААнинг "Ал-Ваҳда" клубига тегишли бўлган Ўзбекистон терма жамоаси вингери Ҳожимат Эркинов яна юртимизга қайтиши кутилмоқда.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

“Anorbank”ning 95.1 foiz ulushiga egalik qiluvchi Qahramonjon Olimov Fransiyada o‘g‘irlab ketildi

Франциянинг машҳур Le Monde нашри ёзишича, Ўзбекистондаги “Анорбанк” кузатув кенгаши аъзоси, 48 ёшли Қаҳрамонжон Олимов Париж шаҳрида номаълум шахслар томонидан ўғирлаб кетилган.

Surxondaryoda keksa ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, уни фош этиш чоралари кўрилмоқда.

Chexiyada o‘q-dorilar saqlanadigan joy issiqdan portlab ketdi

Ёнғинни ўчириш учун самолётлардан фойдаланган ҳолда 12 та ўт ўчириш бўлими сафарбар этилган.

Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kurskda halok bo‘ldi

Вазирликка алоқадор “Звезда” телеканалида берилган хабарда айтилишича, Гудков 2 июл куни Курск областининг чегара ҳудудларидан бирида жанговар вазифаларни бажариш чоғида ҳалок бўлган.

Ikki o‘zbekistonlik AQShga noqonuniy muhojirlarni olib kirishda ayblanyapti

Икки Ўзбекистон фуқароси молиявий даромад олиш мақсадида АҚШга ноқонуний муҳожирларни олиб киришда айбланмоқда.

BMT maxsus ma’ruzachici: Isroil zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz genosidlardan birining mas’ulidir

Бу ҳақда БМТнинг оккупация қилинган фаластин ҳудудларида инсон ҳуқуқлари ҳолати бўйича махсус маърузачиcи Франческа Альбанезе билдирди.

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Маълумотларга кўра, аёл фавқулодда хизмат ходимлари етиб келгунга қадар олов эгаллаб олган машина ичида отасини чиқариб олишга муваффақ бўлган.

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Yaponiyada bir yarim hafta ichida deyarli 900 ta zilzila sodir bo‘ldi

Ҳудуд қарийб икки ҳафтадан бери кучли силкинишлардан азият чекмоқда.

Inson huquqlari himoyachilari yana bong urdi

Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.

Avval o‘zi hibsga olindi, endi kompaniyasi musodara qilinmoqda...

Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.

Turkiyada erkak kana tufayli o‘rmonga o‘t qo‘ydi

Туркияда кана туфайли 12 гектар ўрмонга ўт қўйган эркак ҳибсга олинди.

Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi

Дарҳол 3 та насос агрегати фаолияти тўхтатилган ва таҳлил бригадаси тезкор тадбирлар кўрган.

“Sputnik Ozarboyjon” bosh muharriri va uning o‘rinbosari to‘rt oyga hibsga olindi

Маълумотларга кўра, Картавих ва Белоусовдан ташқари яна беш киши жиноий жавобгарликка тортилган, лекин уларнинг исми ошкор этилмаган.

Hindistonda farmasevtika zavodi portladi

Фавқулодда вазият вақтида заводда жами 150 киши бўлган.

Trampning "Katta va go‘zal" qonuni qabul qilindi. Mask yutqazdi. Endi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда CNN телеканали хабар берди.

Zelenskiy Rossiya bilan mojaroda Ozarbayjon prezidentini qo‘llab-quvvatladi

Сиёсатчи бу хабарни ўзининг Telegram-каналида эълон қилди.

Meksikada krematoriydan 383 ta jasad topildi

Бу ҳақда Чиуауа штати прокуратураси маълум қилди.

Keskinlik ortdi: Mask Trampni qo‘llab-quvvatlayotganlarga tahdid qildi

У агар вазият у хоҳлаганидек бўлмаса, янги партия тузишини ҳам айтиб ўтди.

Isroil OAV: AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Tel Avivga bosim o‘tkazishi mumkin

Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.

Teskari ta’sir: AQSh va Isroilning hujumi Eronni yadro quroli yaratishga majbur qilishi mumkin

Бу ҳақда "The Wall Street Journal" газетаси ёзмоқда.