Avtobus ehtiyot qismini o‘g‘irlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, noma’lum shaxs avtobus parkining devoridan oshib o‘tib, u yerda turgan «MAN» rusumli avtobusning 25.000.000 so‘mlik taxografini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 44 yoshli Azizjon M. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)