"Avto 60 oy" MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan tergov harakatlari yakunlandi

"Avto 60 oy" MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan tergov harakatlari yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti “Avto oltmish oy” MCHJ jinoyat ishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltmish oy” MCHJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2019 yil 12 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 1-qismi (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, joriy yilning 06 may kuni ayblanuvchilar J.B., O.M., E.Q., M.X.,larga nisbatan JKning 179-modda (Soxta tadbirkorlik), 1881-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat), 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (Firibgarlik) va 243-moddalari (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan, M.G.,ga nisbatan esa JKning 179-modda, 1881-moddasi 3-qismi “a,v” band, 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 243-modda, 167-moddasi, 2-qismi “a, v, g” bandlari ( O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-moddasi 3-qismlari bilan avvalgi ayblov to‘ldirilib, shu kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha “AVTO OLTMISH OY” MCHJ bosh ofisdan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi ma’lumotlar bo‘yicha 19.344 dan ortiq shaxslardan shartnomalar tuzganligi aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qo‘shilgan.

Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan modiy zarar 47,7 mlrd. so‘m ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 mlrd. so‘m undirilgan.

Hozirda jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!