Avstriya Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda San’atshunoslik institut fondidagi noyob fonoarxiv elektron shaklga o‘tkazilmoqda

Avstriya Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda San’atshunoslik institut fondidagi noyob fonoarxiv elektron shaklga o‘tkazilmoqda

AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi Omina Azizova San’atshunoslik instituti olimlarning tadqiqot natijalari haqida ma’lum qildi.

San’atshunoslik institut tomonidan o‘tgan yili qator xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etildi. Xususan, 2022 yil 24 noyabrdan 2023 yil 6 martgacha Fransiyaning Parij shahridagi Luvr muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazmada institut kolleksiyasidan 13 dona noyob eksponat namoyish etildi.

2023 yilning 28 sentabrdan 2024 yil 5 yanvargacha Pekin shahrida “Bir makon – bir yo‘l” xalqaro loyihasining 10 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum doirasida Saroy (Gugun) muzeyida Madaniy meros va arxeologiya sohasidagi ko‘rgazma tashkil qilindi. Mazkur ko‘rgazmaga Institut kolleksiyasining 12 dona arxeologik ashyosi namoyishga qo‘yildi.

2023 yil 4 maydan 2024 yil 14 yanvargacha Germaniyaning Berlin shahridagi Jeyms Simon galereyasi va “Yangi muzeyi”da O‘zbekiston arxeologiya xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushon imperiyasigacha” deb nomlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Institut kolleksiyasidan 128 dona noyob eksponat ishtirok etdi. Mazkur ko‘rgazmaning nemis va o‘zbek tillarida katalogi nashrga tayyorlandi va chop etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!