Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Grigoryan mamlakatning KXSHTga a’zo bo‘lishida muayyan muammolarni ko‘rmoqda

Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Grigoryan mamlakatning KXSHTga a’zo bo‘lishida muayyan muammolarni ko‘rmoqda

Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Armen Grigoryan mamlakatning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo bo‘lishi unga “ma’lum muammolar” tug‘dirayotganini, biroq ular boshqa davlatlar bilan hamkorlikni cheklamasligini aytdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Grigoryanning so‘zlariga ko‘ra, KXSHTning Armaniston uchun foydasi haqida, 2020-yildan boshlab biron bir yordam namunasini topish “qiyin”. Shu bilan birga, hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ishlar davom etishini qo‘shimcha qildi.

“Biz G‘arb hamkorlarimiz bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun jadal ishlayapmiz”, - dedi Grigoryan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!