Armaniston Ukraina bilan urushda Rossiyaning ittifoqchisi emas

A A A
Armaniston Ukraina bilan urushda Rossiyaning ittifoqchisi emas

Armaniston Ukraina bilan urushda Rossiyaning ittifoqchisi emas, dedi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan CNN Prima News telekanaliga bergan intervyusida.

"Bu hech qachon baland ovozda aytilmagan, lekin menimcha, bu shuni ko‘rsatadiki: Ukraina bilan urushda biz Rossiyaning ittifoqchisi emasmiz", - deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbda Armaniston Rossiyaning ittifoqchisi degan fikrda bo‘lsa, Rossiya Yerevanni Ukraina bilan urushda uning ittifoqchisi emasligini biladi. "Biz bu vaziyatda ittifoqchi bo‘lmasak, demak, zarbalarga ta’sirchanmiz”, - deydi Pashinyan. "Haqiqat shundaki, vaziyat qanchalik qiyin bo‘lsa, manevr qilish imkoniyati shunchalik torayadi. Biz manevr qilganimiz bizda fikrimiz yo‘qligi uchun emas, balki boshqa tashvishlarimiz ko‘pligi uchundir”.

O‘tgan yilning noyabr oyida Yerevanda bo‘lib o‘tgan KXSHT sammitida Nikol Pashinyan KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi deklarasiyasi loyihasi va Armanistonga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdan bosh tortgan edi.

2023 yil yanvarida Armaniston o‘z hududida KXSHT mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortdi va ularni hozirgi vaziyatda “nomaqbul” deb hisobladi.

Pashinyan avvalroq Armanistonga KXSHTdan chiqishi ehtimolini ham aytgan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!