Argentinalik darvozabon lazer bilan bog‘liq voqea tufayli 11 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Argentinalik darvozabon lazer bilan bog‘liq voqea tufayli 11 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Argentinalik darvozabon lazer bilan bog‘liq voqea tufayli 11 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Meksika futbol federasiyasi “Tigres” posboni Nauel Gusmanni “Monterrey”ga qarshi bahsdan so‘ng (3:3) “nomaqbul xatti-harakatlari” uchun 11 o‘yinga chetlatdi.

Gusman jarohati tufayli o‘yinda ishtirok etmagan. Biroq raqib jamoa stadioni VIP-sektorida o‘tirgan Nauel “Monterrey” darvozaboni Esteban Andradening ko‘ziga lazer tutgani kameralarga tushib qolgan.

Undan tashqari “Tigres” jamoasi ham ichki qonun-qoidalarga ko‘ra darvozabonni jazolashi, unga qo‘shimcha jarimalar belgilashini ma’lum qilgan.

Gusman ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hamkasbidan uzr so‘rab post yozgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!