AQShning ikkita F-16 qiruvchi samolyoti Yaponiya janubidagi aeroportga favqulodda qo‘ndi

AQShning ikkita F-16 qiruvchi samolyoti Yaponiya janubidagi aeroportga favqulodda qo‘ndi

AQSh Harbiy-havo kuchlarining ikkita F-16 qiruvchi samolyoti Okinava janubidagi Simodzisima aeroportiga favqulodda qo‘ndi.

Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bermoqda.

Yaponiya harbiylarining xabar berishicha, qiruvchi samolyotlardan birida Miyako orolidan 60 km janubda dvigatelda muammo yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, qurbonlar yo‘q.

Fuqarolik reyslarida kechikishlar yo‘q.

Ayni damda AQSh harbiylari qiruvchi samolyotlardan birida yoqilg‘i bakini olib tashlash orqali ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!