AQShning Falastin a’zoligiga veto qo‘yishi BMTning samarasizligini ko‘rsatadi

AQShning Falastin a’zoligiga veto qo‘yishi BMTning samarasizligini ko‘rsatadi

Qo‘shma Shtatlar Falastinning Xavfsizlik Kengashiga to‘liq a’zo bo‘lishi haqidagi rezolyusiya loyihasiga veto qo‘yganidan keyin BMT o‘z ahamiyati va ma’nosini yo‘qotdi. Bu haqda Xalqaro jinoiy sudda (XJM) ishlagan musulmon davlatidan birinchi advokat Hasan Aslam Shad Anadolu agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqealar hozirgi global dinamikaga va butun dunyo tartibiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning ta’kidlashicha, AQShning yuqorida qayd etilgan vetosi natijasida BMTning nufuzi va samaradorligi yanada pasaygan.

Agentlik suhbatdoshining qayd etishicha, Vashington doimiy ravishda Isroilni sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro javobgarlikdan «himoya qiladi».

Advokat BMT Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a’zolari veto huquqidan o‘z siyosiy manfaatlariga muvofiq foydalanishini ta’kidladi. «Agar siz insoniyat uchun asosiy bo‘lgan masalalarda kelisha olmasangiz, unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi xalqaro institutning maqsadi nima?»

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti hozirgi bosqichda o‘z ma’nosini yo‘qotgani butun dunyoga ayon. Hatto BMT tarkibiga kiruvchi va mustaqil faoliyat yurituvchi gumanitar tashkilotlar ham Isroil tomonidan ataylab nishonga olinadi», - deydi huquqshunos.

Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar tomonidan Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi rezolyusiyaga to‘sqinlik qilishi «global dunyo tartibiga nisbatan adolatsizlik hissini» yanada kuchaytiradi.

«Afsuski, global dunyo tartibi hozirda butunlay vayron qilingan. O‘tgan yetti oyga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Isroil misli ko‘rilmagan jazosiz qolgan. G‘arb Isroilning harakatlarini himoya qilish uchun harakat qilmoqda», - dedi u.

Uning eslatishicha, BMTga aloqador mustaqil gumanitar tashkilotlar ham Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlari nishoniga aylangan. «Ular ko‘plab xodimlarini yo‘qotdilar, ammo BMT buni to‘xtata olmadi. Buning bitta oddiy sababi bor: BMT rezolyusiyalarining bajarilishi a’zo davlatlarga bog‘liq. Agar Isroil va AQSh to‘xtamasa, men ishonamanki, bu xalqaro institutlarning barchasi mutlaqo keraksiz bo‘lib qoladigan kun uzoq emas», — dedi Shad.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!