AQShda yoqilg‘i narxi yana bir rekord o‘rnatdi

AQShda yoqilg‘i narxi yana bir rekord o‘rnatdi

AQShda yoqilg‘i narxi yana bir antirekord o‘rnatdi. Bu haqda 60 mingdan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxlarni kuzatuvchi notijorat Amerika avtomobil assosiasiyasi (AAA) ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Uyushma ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni ertalab bir gallon benzinning o‘rtacha narxi 4374 dollarga yetgan. Saytda qayd etilganidek, bu mart oyidagi 4331 dollarlik antirekordni yangilagan tarixdagi eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkichdir.

Mamlakatdagi eng qimmat benzin narxi an’anaviy tarzda Kaliforniya shtatida saqlanib qolmoqda, bu yerda avtoulovchilar har bir gallon uchun o‘rtacha 5841 dollar to‘lashlari kerak bo‘ladi.

AQSh Milliy Jamoatchilik Radiosi (NPR) ma’lumotlariga ko‘ra, yoqilg‘i narxlarining o‘sishi jahon energetika bozoridagi tez o‘sib borayotgan inflyasiya va noaniqlikdan tashqari, yozning yaqinlashib kelayotgani bilan ham bog‘liq: ta’til davri munosabati bilan benzinga talab ortib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!