AQShda vaziyat og‘ir: xalq polisiyachilarni o‘ldirmoqda (FOTO)

AQShda vaziyat og‘ir: xalq polisiyachilarni o‘ldirmoqda (FOTO)

AQShda afro-amerikalik Jorj Floydning polisiya tomonidan qo‘lga olinishi vaqtida halok bo‘lganligi sababli norozilik namoyishlari avj olgani haqida xabar bergandik. Bugun Las-Vegas shahrida polisiya xodimining boshiga o‘q uzishgan. Bu haqda 8News polisiya manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, noma’lum shaxs Circus Circus kazinosida polisiyachiga o‘q uzgan.

Polisiyachiga o‘q uzish bilan bog‘liq yana bir voqea Las-Vegasdagi federal sudda sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shahar polisiyasi xodimi otib o‘ldirilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!