AQShda saylovchilarning 86 foizdan ortig‘i Baydenni qayta saylanish uchun «juda qari» deb hisoblaydi

AQShda saylovchilarning 86 foizdan ortig‘i Baydenni qayta saylanish uchun «juda qari» deb hisoblaydi

AQShda saylovchilarning 86 foizdan ortig‘i 81 yoshli prezident Jo Baydenni qayta saylanish uchun «juda qari» deb hisoblaydi.

9-10 fevral kunlari ABC News/Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovnoma natijalari shundan dalolat beradi.

Shu bilan birga, respondentlarning 59 foizi Bayden va AQShning sobiq prezidenti Trampning yoshini tanqid qiladi.

Respondentlarning 27 foizi faqat Bayden yangi prezidentlik muddati uchun juda qari, degan fikrda.

Mustaqil saylovchilar orasida bu ko‘rsatkich Bayden uchun 91 foiz, Tramp uchun esa 71 foiz.

Xuddi shu so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikalik saylovchilarning aksariyati Tramp mamlakat chegaralarini Baydenga qaraganda yaxshiroq himoya qiladi, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, iqtisodiyot, jinoyatchilik va inflyasiya kabi masalalarda Baydendan ko‘ra ko‘proq amerikaliklar Trampga ko‘proq ishonmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!