AQShda bir hafta ichida neft zaxiralari 1,7 foizga o‘sdi

AQShda bir hafta ichida neft zaxiralari 1,7 foizga o‘sdi

AQShning tijorat neft zaxiralari (strategik zaxiradan tashqari) yakunlangan hafta davomida 7,5 million barrel yoki 1,7 foizga o‘sib, 442,5 million barrelni tashkil qildi, deya xabar berdi mamlakat energetika vazirligining energiya ma’lumotlari bo‘limi.

“Reuters” tomonidan jalb etilgan tahlilchilar zaxiraning kamroq - 3 million barrelga ko‘payishini taxmin qilishgandi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta davomida AQShda neft qazib olish 100 mingga ko‘payib, kuniga 13 million barrelgacha yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!