AQShda avval otishma, keyin namoyish bo‘ldi: hammasiga qora tanli erkak sababchi

AQShda avval otishma, keyin namoyish bo‘ldi: hammasiga qora tanli erkak sababchi

Detroytda noma’lum shaxs tomonidan ochilgan otishma natijasida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu fojia afro-amerikalik Jorj Floyd Minneapolisda polisiya tomonidan ushlanganidan keyin yuzaga kelgan norozilik namoyishi paytida yuz berdi. Bu haqda shanba kuni Detroyt News xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, noma’lum shaxs mashinasidan olomonga qarata o‘q uzgan, natijada 19 yoshli bola halok bo‘lgan.

Norozilik namoyishlari paytida Detroyt polisiyasi 40 dan ortiq kishini hibsga oldi.

AQSh shaharlarida ommaviy norozilik va tartibsizliklar internetda 25 may kuni Minneapolisda Jorj Floydning do‘konda soxta banknotalar to‘laganlikda gumon qilinib hibsga olingani haqida video paydo bo‘lgandan keyin boshlandi. Minneapolisda komendantlik soati joriy etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!