AQSh xalqaro strategik tadqiqotlar assosiasiyasi prezidenti Gregori Kopli Qurolli Kuchlar akademiyasida

AQSh xalqaro strategik tadqiqotlar assosiasiyasi prezidenti Gregori Kopli Qurolli Kuchlar akademiyasida

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga xalqaro kuzatuvchi – Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqaro strategik tadqiqotlar assosiasiyasi prezidenti Gregori Kopli tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar bermoqda.

Gregori Kopli strategik masalalar va tarix bo‘yicha 32 kitob hamda mingdan ziyod maqola, leksiyalar muallifi va hammuallifidir.

Mehmon dastavval Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng saylov uchastkasida bo‘lib, u yerda saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Saylov jarayonida oshkoralik va demokratik tamoyillarning ta’minlanishi borasida o‘zini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Tashrif davomida Gregori Kopli va Qurolli Kuchlar akademiyasi mas’ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy ta’lim va harbiy kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Xususan, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy ta’limni rivojlantirish borasidagi istiqbolli chora-tadbirlar, bu borada horij davlatlari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!